24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:22
Jamiyat 👁 268

Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha ish hujjatlarini yuritishga bagʻishlangan oʻquv-seminar oʻtkazildi

Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha ish hujjatlarini yuritishga bagʻishlangan oʻquv-seminar oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasida fuqarolar oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shartligi alohida taʼkidlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi rayosatining 2021-yil 9-noyabrdagi “Sudlar tomonidan 2021-yilning birinchi yarmida yengil tan jarohat yetkazish va mayda bezorilik bilan bogʻliq koʻrilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirish natijalari haqida”gi 59-21-sonli Qarorida ham fuqarolar oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, shuningdek davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi, bu borada sudlarning odil va shaffof ish yuritishlariga eʼtibor qaratilgan.

Joriy yilning 12-yanvar sanasida Amudaryo tumani Madaniyat markazi binosida Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektorlari malakasini oshirish maqsadida boʻlib oʻtgan oʻquv-seminar mashgʻulotida ham aynan ana shu masalaga alohida eʼtibor qaratildi.

Mazkur oʻquv-seminar ishida Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi Jasur Oʻrozboyev, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari Muxtor Rahmatullayev, tuman Ichki ishlar boʻlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi boshligʻining oʻrinbosari Orifjon Qosimovlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Rayosatining “Sudlar tomonidan 2021-yilning birinchi yarmida yengil tan jarohat yetkazish va mayda bezorilik bilan bogʻliq koʻrilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirish natijalari haqida”gi Qarorida koʻrsatilgan topshiriq boʻyicha belgilangan vazifalar yuzasidan mashgʻulotlar olib borishdi.

Oʻquv-seminar mashgʻulotida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 52- va 183-moddalari bilan bogʻliq ish boʻyicha materiallarni toʻplashda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar, ish hujjatlariga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar xususida zarur tushuntirishlar berildi. Xususan, huquqbuzar qarshisiga toʻplanadigan hujjatlar yigʻma jildini tayyorlash, huquqbuzar shaxsning fuqarolar, shuningdek, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga eʼtibor qaratgan holda materiallarni jildga kiritish, har qanday maʼmuriy huquqbuzarlik boʻyicha ish materiallarini toʻplashda yuzaga keladigan muammolar, ish hujjatlariga ilova qilinishi lozim boʻlgan boshqa qoʻshimcha hujjatlar haqida ham alohida toʻxtalib oʻtildi.

Oʻquv-seminar mashgʻulotlari yakunida ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektorlari masʼullarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va barcha savollariga batafsil javoblar oldilar.

Boʻlib oʻtgan oʻquv-seminar mashgʻulotlari profilaktika inspektorlari uchun fuqarolar oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda nimalarga eʼtibor berishlari zarurligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 52- va 183-moddalari bilan bogʻliq koʻrilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirish haqida oʻz bilimlarini mustahkamladilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026