24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:21
Jamiyat 👁 175

VATAN HIMOYaChILARI USTOZLARDAN TAʼLIM VA TARBIYa OLADI

VATAN HIMOYaChILARI USTOZLARDAN TAʼLIM VA TARBIYa OLADI

Yangi yil bayrami shukuhi tarqalib ulgurmasidan boshqa bir bayramni kutib olamiz. Bu 14-yanvar – Vatan himoyachilari kunidir. Har bir ayol-qiz borki, shu kuni tongdanoq otasi, aka-ukalari, umr yoʻldoshi, farzandlarini iliq tabrik soʻzlari bilan qutlaydi. Yurtimizning tinchligi, osoyishta hayotimizni taʼminlab turgan Vatanimizning himoyachilari – harbiylarimizning borligiga shukrona aytadi. Aynan ularning gʻoyat mashaqqatli va muhim boʻlgan kasbi, faoliyati tufayli chegaralarimiz daxlsiz, xalqimiz tinch, elimiz osuda, hayotimiz fayzlidir.

Taʼtil kunlarida maktabimizda ushbu bayram munosabati bilan boʻlib oʻtgan kichik tadbir meni maqola yozishga undadi. Jamoamizdagi erkak oʻqituvchilarni bayram bilan qutladik. Shunda men bu sananing boshqa bir mohiyati haqida oʻylab qoldim. Oʻqituvchilik kasbida mehnat qilayotgan er-yigitlarimizning ishlarini ham harbiylarimizning faoliyatiga qiyoslasa boʻladi. Harbiylarimiz bizni tashqi dushmanlar, yovuz niyatda boʻlgan kuchlardan moddiyan himoya qilsa, oʻqituvchilarimiz oʻsib kelayotgan yosh avlodning ongi va qalbini bilim bilan boyitadi, mustahkamlaydi, ruhini shakllantiradi, hayot kurashlariga toblaydi, yot gʻoyalar, xavflardan himoya qiladi. Aynan ular bergan bilim va tarbiya tufayli oʻquvchilar kamol topadilar, davlatimiz mustaqilligi va keyingi taraqqiyotining ustunlari boʻlib yetishadilar. Shuning uchundir, biz bu kunda faqatgina harbiylarimiz, ichki ishlar xodimlarini emas, balki har bir yigit, har bir kishini tabriklaymiz.

Yosh avlodni oʻqitish va tarbiyalashda erkak oʻqituvchilarning oʻrni juda muhimdir. Esimda, men 2013-yilda maktabimizga ishga kelganimda jamoamizda erkak oʻqituvchilar kamchilikni tashkil etardi. Bu tasodifiy  boʻlmay, oʻsha vaqtlarda butun taʼlim tizimida mehnat qilayotgan erkak pedagoglarning soni ayol pedagoglarga nisbatan oz edi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev faoliyatining dastlabki yillaridayoq bunga alohida eʼtibor qaratdi, taʼlim sohasida erkak oʻqituvchilarning sonini oshirish kerakligini qayta-qayta taʼkidladi. Bu borada olib borilgan islohotlar oʻz natijasini berdi. Bugungi kunda ayol oʻqituvchilarimiz bilan bir qatorda, erkak oʻqituvchilarimiz ham yosh avlodni oʻqitish va tarbiyalash ishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.

Aziz va muhtaram aka-ukalarimiz, yoshlarimiz, oʻzining gʻayrati va shijoatini Vatan himoyasi va porloq istiqboliga safarbar qilgan oʻktam oʻgʻlonlarimizni ushbu qutlugʻ bayram bilan chin yurakdan tabriklayman.

Gulzira   Matniyazova, 30-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026