NAMUNALI TAʼLIM-TARBIYa VA ZIYo MASKANI
Yoşlarni hayotga tayyorlaşda, ularga puxta bilim berişda, hayotda munosib örnini topişda ziyo maskani bölmiş – maktabning örni muhim ahamiyatga ega. Şuni inobatga olgan holda tumanimizdagi 40-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi ham yoşlarga çuqur bilim, taʼlim va tarbiya beriş borasida namunali faoliyat körsatib kelmoqda.
Jamoada bugungi kunda 100 nafar pedagog xodim, 24 nafar texnik xodimlar mehnat qilmoqdalar. Yoşi uluğ tajribali ustozlardan Sanobar Xöjamurodova, Gulçehra Yunusova, Gulmirza Xudoyberganov, Sayyora Tilovova, Rahimboy Örozimbetov, Raʼno Jumaboeva, Raʼno Djumanova, Zulfiya Döstlieva, Dilbar Xöjamurodova, Mangitboy Juldiboev, Umida Jumaniyazova, Raʼno Nurmatova, Hulkaroy Xöjaniyazova, Bozorgul Tangirbergenova, Sayyora Abdurahmonova, Gulnora Şexniyazova, Mehribon Rahimova, Muhabbat Rahimovalar, örta yoşdagi ustozlardan Inobat Qliçeva, Dilrabo Örozboyeva, Nilufar Soatboeva, Nafisa Mamutova, Şoira Şomurodova, Saida Karimova, Sanobar Boboniyozova, Mehribon Bekberganovalar, umidli yoşlardan Nurbek Jumaniyozov, Şerzod Aşirov, Sarvar Yaxşimov, Ruslan Qöşaev, Jahongir Otanazarov, Zokir Rahimov, Doniyor Yöldoşev, Iroda Yaxşimurodovalar öquvçilarga sifatli taʼlim-tarbiya berib, hayotda öz örnini topişga yordam bermoqdalar.
Maktab jamoasi “Amudaryo xizmat körsatiş” MÇJ hamda “Amugrandstroy” MÇJ taşkilotlari tomonidan joriy taʼmirlaş işlari bajarilganligidan juda xursand. Ota-onalar farzandlarining issiq, yoruğ, şinam, ozoda, zamonaviy jihozlangan sinfxonalarida tahsil olayotganligidan mamnun.
Maʼlumki, ajdodlarimiz xayru-saxovat körsatişni özlarining qalb amriga köra bajargan. Eng qiyin vaziyatlarda vatandoşlarini ham maʼnaviy, ham moddiy qöllab-quvvatlagan. Saxovat zamirida yaxşilik va ezgulik tuşunçalari mujassam. Binobarin, saxovatli inson ana şu sifatlari bilan obrö-etibor qozonadi, rahmat eşitadi. Ayniqsa, kömakka muhtoj kişilarga yordam qölini uzatiş inson hayotini bezaydi. Yangi 2022-yil kirib kelişi arafasida, maktabni bitirib ketgan sobiq bitiruvçilar, bir guruh saxovatpeşa ota-onalardan Şavkat Yaxşimurodov, Javlonbek Muftullaev, Ahmad Maşaripov, Ravşanbek Yusupov, Dilrabo Örozimbetova, Zafar Kodirov, Rustam Allaqulov, Mahmud Xudayberganov, Botir Ibragimov, Hamro Xöjaev, Nargiza Abdullaeva, Ğulomjon Yeşniyozov, Adolat Yöldoşeva, Odilbek Aşirboyev, Adolat Haytimbetova, Barno Kamolova kabilar homiyligida maktabda talim olayotgan 530 nafar öquvçilarga Yangi yil sovğalari va 60 nafar ehtiyojmand oila farzandlariga qişki kiyimlardan iborat sovğalar taqdim qilindi. Maktab direktori Sanobar Xöjamurodovaning boşçiligida maktabning pedagog öqituvçilari va 24 nafar texnik xodimlarga bayram sovğalari berildi.
Hozirgi murakkab jarayonda hamda taʼtil vaqtiga qaramasdan, maktab jamoasi qizğin faoliyat olib bormoqda. Maktab direktori Sanobar Xöjamurodova boşçiligida maktab xotin-qizlar jamoasi örtasida 13-yanvar kuni sport musobaqasi taşkil qilindi. Şu kabi musobaqa, tanlovlar jamoaning hamjihatligini, birdamligini oşirişga sababçi buladi. Musobaqa kötarinki ruhda taşkil qilinib, jamoa aʼzolarining kayfiyati kötarildi. 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan jamoaning erkak öqituvçilari orasida sportning voleybol turidan musobaqasi taşkil etildi. Maktab xotin-qizlari tomonidan badiiy çiqişlar va tabriklar taşkil etilib, barça yigitlar bayram bilan muborakbod etildi. Bundan taşqari har bir sinfning ijtimoiy tarmoqdagi guruhlarida rasmlar tanlovi, şeʼriy tabriklar tanlovlari, ”Vatan himoyaçilari” mavzusidagi inşolar tanlovlari onlayn taşkil etildi.
Maktablarda qişki taʼtil muddatini 24-yanvarga qadar uzaytirilganligi munosabati bilan Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taşkil etilgan onlayn olimpiadalar, kitobxonlik tanlovlarida öquvçilarimiz faol iştirok etib, sertifikatlarni kölga kiritmoqdalar. Maktabda taşkil qilingan tögarak maşgulotlari onlayn tarzda olib borilmoqda.
Işonamizki, maktab hayotida amalga oşirilayotgan amaliy işlar bu yerda taʼlim olayotgan yoşlarning dunyoqaraşi keng, bilimli, yurtimizning xaqiqiy fidoyi farzandlari bölib yetişiga munosib zamin bölib xizmat qiladi.
Umida Karimova, 40-sonli umumtaʼlim maktabining ijodiy-madaniy masalalari böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶