24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:21
Jamiyat 👁 547

HOKIM YoRDAMChISI OʻZ IShINI NAMUNALI TARZDA TAShKIL ETMOQDA

HOKIM YoRDAMChISI OʻZ IShINI NAMUNALI TARZDA TAShKIL ETMOQDA

Maʼlumki Prezidentimiz tomonidan “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi farmon imzolandi. Ushbu farmonga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab shaharcha, qishloq, ovullardagi har bir mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman va shahar hokimlarining yordamchisi lavozimi taʼsis etildi.

Hokim yordamchilari zimmasiga aholining bandlik darajasini taʼminlash, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, ishsiz yoshlar va ayol-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish, mahallada hizmat koʻrsatish turlarini yanada kengaytirish, tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga imtiyozli kredit olishda yordam berishdek masʼuliyatli vazifalar yuklatilgan.

Amudaryo tumanida joylashgan Bosuv mahallasiga biriktirilgan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman hokimi yordamchisi Akbarjon Xoʻjamuratov ham oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni “xonadonbay” oʻrganish ishlarini boshlab yubordi.

Hokim yordamchilari ish faoliyatini boshlaganiga qisqa muddat, yaʼni 4-5 kun boʻlganiga qaramasdan Akbarjon Xoʻjamuratov tomonidan mahalladagi 70 dan ortiq honadon xatlovdan oʻtkazildi. Rejaga koʻra, oʻrganish ishlari fevral oyida yakunlanib, mahallaning oʻsish nuqtalari va ixtisoslashuvi aniqlanadi va yoʻl xaritasi ishlab chiqiladi.

Maʼlumot uchun, Bosuv mahallasida jami aholi soni 3720 nafar boʻlib, shundan 1842 nafarini ayollar, 1655 nafarini yoshlar tashkil etadi. Ishsiz fuqarolar soni 140 nafar.

Mahalla aholisi daromadi asosan dehqonchilik, bogʻdorchilik, parrandachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Shu sababdan aholiga issiqxonalar qurishida, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻillanishida imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilishi boʻyicha harakatlar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, hokim yordamchisi tomonidan tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga loyihalar ishlab chiqishda ham amaliy yordam koʻrsatilmoqda. Jumladan, mahalla hududidagi 4-Ulugʻyoʻl koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro Oʻrinboy Bobojanov oʻz xonadonida maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil qilishi uchun 200 mln. soʻm kredit ajratilishida yordam soʻrab hokim yordamchisiga murojaat qildi.

2-Ulugʻyoʻl koʻchasida yashovchi fuqaro Begzod Bazarboyevga esa temir eshiklar va darvozalar yasash tsexini tashkil etishda huquqiy yordam berish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

Yana bir fuqaro – Maxsud Joʻrayevning xonadonida issiqxona tashkil etish boʻyicha choralar belgilandi va amaliy koʻmak koʻrsatilmoqda.

Akbarjon Xoʻjamuratovning taʼkidlashicha, mahalla aholisi azaldan mehnatkash va halol peshona teri orqali daromad topib kelmoqda. Oʻzi ham Bosuv mahallasida tugʻilib, voyaga yetgan hokim yordamchisi oldiga qoʻyilgan vazifalarni sidqidildan bajarish va mahalladoshlarining ishonchini oqlash uchun bor kuch va bilimini sarflab harakat qilmoqda.

Hokim yordamchilarining zimmasiga kambagʻallikni qisqartirish va aholining yashash sharoitini yaxshilash bilan bir qatorda yuksak bilim va tashabbuskorlik asosida ish olib borib, mahalladoshlarining ishonchini oqlashdek yuksak masʼuliyatli burch va vazifalar yuklatilgan. Yangi tayinlangan barcha hokim yordamchilariga bu borada omadlar tilaymiz.

F. Eshimbetova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026