RESPUBLIKA MAʼNAVIYaT VA MAʼRIFAT MARKAZI AMUDARYo TUMAN BÖLINMASI FAOLIYaTIGA BIR NAZAR
Şiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda fuqarolarni milliy urf-odat va anʼanalarga sodiq inson sifatida tarbiyalaş, manʼaviyatini yuksaltiriş, ajdodlarga hurmat, avlodlarga ibrat ruhida tarbiyalaş bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Albatta, bu borada Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining örni alohida ahamiyatga ega ekanligini eslab ötiş joizdir.
Maʼlumot uçun, 2017-yilda Prezident qarori bilan Maʼnaviyat tarğibot markazi hamda Milliy ğoya va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlaştiriş yöli bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qayta taşkil etilgan edi. Markazning maqsadi, ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanişdan – milliy yuksaliş sari” ğoyasini keng tarğib etiş orqali jamiyatda soğlom dunyoqaraş va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirişdir.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman bölinmasi ham uşbu ğoya asosida tumanimiz fuqarolariga turli tadbirlar, uçraşuvlar, körik-tanlovlar orqali maʼrifat ulaşmoqda. Bunda asosan yoşlar keng qamrovga olinib, ularning turli vayronkor ğoyalarga ergaşib ketmasligining oldi olinmoqda.
2021-yil davomida markaz tomonidan 200 dan ortiq turli tadbirlar körik-tanlovlar ötkazilgan. Uşbu tadbirlar kitobxonlik maʼdaniyatini oşiriş, diniy ekstremizmga qarşi kuraşiş, millatlar totuvligi, yoşlar tarbiyasi va boşqa turli mavzularda taşkil etildi.
Maʼnaviy va marifiy işlarni taşkil etişda umumtaʼlim maktablarda faoliyat yuritayotgan tarğibotçilar va Yoşlar ittifoqi yetakçilarining mehnati diqqatga sazovor ekanligini eslab ötiş joizdir. Markaz tomonidan ularni rağbatlantiriş, qöllab-quvvatlaş, böyiça köplab işlar amalga oşirilmoqda. Şu bilan birga, tarğibotçilar örtasida turli bellaşuvlar taşkil qilinib, bilim va könikmalari oşirilayotir. 2021-yil davomida mana şunday tadbirlardan bir neçtasi bölib ötdi.
Xususan, 38-sonli umumtaʼlim maktabda bölib ötgan “Eng namunali tarğibotçi” tanlovida tumanimizdagi barça maktab tarğibotçilari qatnaşdilar. 40-sonli maktab tarğibotçisi, Umida Karimova faxrli 1-örinni olişga muvaffaq bölib, Respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi. Bu kabi tanlovlarda iştiroq etgan tarğibotçilar tajriba almaşişdan taşqari, bilim va könikmalarini yanada mustahkamlab borişadi.
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölinmasi isteʼdodli yoşlarni aniqlaş, ularga qulay imkoniyat va şart-şaroitlar yaratiş borasida Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi bilan doimiy ravişda hamkorlik qiladi. Turli körik-tanlovlar orqali yoşlar köplab yutuqlarga erişmoqda. “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” tanlovining tasviriy va amaliy sanʼat yönalişi, adabiyot va publitsistika, milliy maqom va milliy estrada yönalişlari böyiça bir guruh iqdidorli yoşlar aniqlanib rağbatlantirildi.
Yoşlar – bizning kelajagimizdir. Ularning turli yot ğoyalarga ergaşib ketmasli, vatanimizga munosib farzand bölib voyaga yetişlarida markaz tomonidan amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar alohida eʼtirofga loyiqdir.
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazişga qaratilgan tarğibot işlarini tizimli va izçil amalga oşiriş, jamiyatimizning barqaror rivojlanişiga tösqinlik qilayotgan içki tahdidlar — el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliyçilik, uruğ-aymoqçilik, oilaviy qadriyatlar va yoşlar tarbiyasiga eʼtiborsizlik kabi holatlarga barham berişga qaratilgan kompleks tadbirlar amalga oşirişda jonbozlik körsatayotgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman bölinmasi xodimlarining kelgusidagi faoliyatiga rivoj tilaymiz.
F.Eşimbetova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶