Birgalikda baxtli beş millat
Amudaryo tumanining qaysi qişloği va mahallasida bölmang, özaro ahil-inoq totuv yaşayotgan insonlarni körib, közingiz quvonadi. Birining quvonçini biri xuş körib, şodligiga şerik bölib turişlari, töy-marosimlarida bir uyni alohida yasatib, qönoq kutib-siylaydigan özbek bilan qozoq, qoraqalpoq va turkman oşna-oğaynilarning mehr-muhabbati dunyolarga tatigulik! Şuning uçun Amu elining töy dasturxonlaridan nainki özbekning palov va norini, balki qozoqning tuvrama (töğrama)si-yu besbarmaği (beşbarmoq), turkmanning çalpagi bilan qoraqalpoqning kurka göştli jugari (jöxori) kurtugi, qayiş kurtugi joy oladi. Bu taomlarning pazandalari ham Amu elining mehr-oqibatli, döst-dugona kelinpoşşalari!
Yangi yil Amudaryoda ajib orzular bilan boşlandi. Ijodiy guruhimiz bilan Kuyuk köpir qişloğida bölganimizda zaminimizda boşlanayotgan yilning fayz-u tarovati har bir xonadonga gözallik baxş etganiga guvoh böldik. Özbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman, rus va boşqa millatlar oilalari özaro ahil-inoq yaşayotgan qişloqda Jiyanboy ota Töramurodov va Bozorgul enadan ajib nurli izlar qolayotganiga guvoh böldik.
Qoraqalpoq millatiga mansub Jiyanboy ota Töramuratov va Bozorgul ena tarbiyasini olgan yetti nafar öğil-qizlar bugun yetti joyda boğday unib-ösib, ildiz otişgan. Umr böyi qişloqdagi 21-sonli umumtaʼlim maktabida öqituvçilik qilib kelayotgan Jiyanboy otaning barça farzandlari öqimişli, ilm-u hunarli bölişgan. Ota-onalari duosini olib, izlarini bosgan tört öğilning biri IIB xodimi, uç nafari öqituvçi, ikki qizining biri qardoş Qozoğiston Respublikasida oilasi bilan tinç-totuv yaşasa, oilaning kenjasi Albina ham ota kasbini tanlagan, öqituvçi.
Kuyuk köpir qişloği ahlining deyarli yarmiga ustozlik qilgan Jiyanboy otaning katta öğli Inayat Töramuratov ota kasbini öziga şaraf deb bilganida hali maktab öquvçisi edi. Aniq fanlarga qiziquvçi Inayat umumtaʼlim maktabini aʼlo baholarga tugatib, Qoraqalpoq Davlat Universitetining matematika fakultetida tahsil oldi. Universitetni tugatib, 1996-yilda ilk mehnat faoliyatini 14-sonli umumtaʼlim maktabida matematika fani öqituvçisi bölib işlaşdan boşlagan Inayat qisqa fursat içida özining taşabbuskorligi, taşkilotçilik qobiliyati bilan maktab pedagogika jamoasining hurmat va eʼtiborini qozondi. 2007-2011-yillarda maktab direktorining maʼnaviyat va maʼrifat işlari böyiça örinbosari sifatida yoş avlodni milliy-maʼnaviy qadriyatlar, istiqlol hamda millatlararo totuvlik ğoyalari asosida tarbiyalaş borasida samarali iş olib bordi. Ayniqsa, uning hududdagi turli millat oilalarida voyaga yetgan öquvçi-yoşlar bilan işlaşiş, ular örtasida özaro döstlik, totuvlik anʼanalarini mustahkamlaş borasida amalga oşirgan ibratli işlari özbek, qozoq, qoraqalpoq millatlariga mansub öquvçi-yoşlarning qalblarida “Barçamiz uçun Özbekiston – yagona oila!” tuyğusini yanada mustahkamladi.
Inayat Töramuratov taʼlim-tarbiya sohasidagi öziga xos iş uslubi, taşkilotçiligi tufayli 2011-yilda 14-sonli maktab direktori vazifasiga tayinlandi. Mana 11-yildirki, bu masʼuliyatli vazifani sidqidildan ado etib kelmoqda. Inayat özi rahbarlik qilayotgan pedagogika jamoasida özaro mehr oqibat, hurmat va ehtirom muhitini yaratgan va ana şu muhit tufayli maktab pedagogika jamoasi bir ezgu maqsad – taʼlim-tarbiya sohasini zamon bilan hamnafas rivojlantiriş yölida hamişa yakdil!
Inayat Töramuratovning oilasi esa tom maʼnoda baynalmilal oilalardan biri. Ota-onasi qoraqalpoq millatiga mansub bölgan bu katta xonadondan uçirma bölgan Inayat qoraqalpoq va uning umr yöldoşi Zulfiyaxon Izbasarovaning millati qozoq. Qozoq va qoraqalpoq millatlariga mansub mehr-muhabbatli oilada dunyoga kelgan Inayat bilan Zulfiyaxonning farzandlari ham ilmga intiluvçan, aqlli. Qizi Sarbinaz NDPI talabasi, öğli Berdaq 14-sonli umumtaʼlim maktabida öqituvçi, Bayram bilan Şahnozaxonlar esa maktab öquvçilari.
“Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili”ni Jiyanboy ota va Bozorgul enaning barça farzandlari jam-ul jamlikda, katta xonadonda kutib oldilar.
– Ukalarim Ilyas, Murat va Tozaboy özbek qizlariga uylanişdi, - deydi Inayat mamnuniyat bilan. – Singillarim ham özlari yoqtirgan insonlar bilan turmuş qurib, katta singlim Muhabbat qozoq, kiçik singillarim esa taqdirlarini özbek oilalari bilan boğlaşdi.
Darvoqe, bu katta xonadondan ildiz otgan oilalar bir mevazor boğ kabi gurkirab, el-yurtga singib ketişgan. Öz hayotini qozoq millatiga mansub oila farzandi bilan boğlagan singlisi Muhabbatning turmuş tarzidan ota-onasi va oğasi Inayatning köngli töq. Ayni paytda Muhabbat öz oilasi bilan Qoğoğiston Respublikasining Jambul viloyati, Sariağaş şahrida istiqomat qiladi. Larisa bilan Albina esa Inayat bilan bir qişloqda yaşab, bir jamoada mehnat qilişadi.
Jiyanboy ota bilan Bozorgul ena tartib bergan katta xonadonning tutumlariga sodiq farzandlarning barçasi “katta otning ortidan çopib” kam bölişmadi. Bugun Inayatning ukalari Ilyas, Tozaboy va Murat ham, özbek va qozoq millatiga mansub kelinlar, biri qozoq, biri özbek kuyovlarning har bir masalada kengaşib, biri-biriga qayişib turişlaridan oilalarida fayz-baraka, oralarida tuğişganlik mehr, oqibat va muhabbat bor.
Ota-onalarining izlarini obod gulzor, katta xonadonni bozor – mehr-oqibat va totuvlik taftidan mevazor boğ-u çamanga aylantirib, Amu eliga, Kuyuk köpir qişloğiga el bölib yaşayotgan katta xonadonning katta sohibi Jiyanboy ota va katta öğil Inayat va uning tuğişganlari oilasi hamişa yaxşilar bilan gavjum. Aka-ukalarning qöni-qöşnilari, tuğişganlari bilan özaro ahil-inoqligi, totuvligini, körib beixtiyor Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamdan vorid bölgan hadisni esladik. Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: “Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bölsa, qöşnisiga yaxşilik qilsin”, - deyiladi. Vaholanki, umrini el-yurt farzandlari taʼlim-tarbiyasi işiga bağişlab kelayotgan qoraqalpoq farzandlari, Jiyanboy ota va Bozorgul enaning izlarini bosib, bugun ahli Kuyuk köpir qişloğida izzat-obrö, eʼtibor topib yaşayotgan Inayat, Ilyas, Muhabbat, Larisa, Tozaboy, Murat, Albina hamda Inayatning umr yöldoşi qozoq qizi Zulfiya, bu katta xonadonning kenja vakillari - önlab nevara-yu çevaralarning qalblari ana şu yaxşilik nuridan hamişa obod. Köngillari-köngillarga tutaş mahalladoşlar qadamidan bu xonadon hamişa fayzli, çaroğon. Zero, Amu eliga xos bölgan özaro ahillik-totuvlik tafti har bitta xonadonga, har bitta oilaga ana şunday fayz, gözallik baxş etgan va bu gözallik yagona oila – Özbekistonning betakror ziynatidir.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶