21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 16:35
Qishloq xoʻjaligi 👁 247

Joriy yilda tuman boʻyicha 3588 nafar ishsiz fuqaroga oʻrtacha 25 sotixdan yer ajratish rejalashtirilgan

Joriy yilda tuman boʻyicha 3588 nafar ishsiz fuqaroga oʻrtacha 25 sotixdan yer ajratish rejalashtirilgan

21-yanvar kuni Amudaryo tumaniga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Madaminovich Gʻaniyev tashrif buyurdi.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilgan “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq hoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni keng targʻib qilish va ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimiz boʻylab amalga oshirilayotan ishlar koʻlamini kengaytirish yuzasidan oʻrganish ishlarini olib borish hamda fermer va dehqon xoʻjaliklari faoliyati bilan yaqindan tanishishdir.

Dastlab, Shuhrat Gʻaniyev boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari tumanimizdagi bir guruh masʼul xodimlar bilan birgalikda Choykoʻl ovuli hududida joylashgan “Mangʻit omad savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyatining faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Barpo etilgan uzumzorlarni koʻzdan kechirib xosildorlikni oshirish boʻyicha zarur koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtdi. Shuningdek, yangidan qurilayotgan dehqon xoʻjaligi maxsulotlarini sifatli tarzda saqlashga xizmat qiluvchi muzlatgich haqida maʼlumot berildi.

Shundan soʻng tuman xokimligining katta majlislar zalida Shuhrat Gʻaniyev rahbarligida koʻrgazmali seminar tashkil etildi. Seminarda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman hokimi oʻrinbosarlari sektor rahbarlari, mahalla raislari, fermer va dexqon xoʻjaligi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda 2022-yilda fuqarolarga fermer xoʻjaliklarining past hosilli paxta va gʻalla ekinlari maydonlarining qisqartirilgan yerlari hisobidan 10 sotixdan 1 gektargacha yer maydonlari ochiq elektron tanlov asosida berishni yoʻlga qoʻyish va mazkur ishlar 2022-yildan 2025-yilgacha amalga oshirilib, ushbu muddat davomida umumiy hisobda 2242 gektar maydonlar ishsiz fuqarolarga ajratib berilishi rejalashtirilganligi aytib oʻtildi.

Maʼlumot uchun, Amudaryo tumanining 18 ta hududida 307 ta fermer xoʻjaliklari tashkil etilgan. Umumiy ekin maydonlar 897 gektarni tashkil qiladi. Joriy yilda tumanimiz boʻylab 3588 nafar ishsiz fuqaroga oʻrtacha 25 sotixdan yer ajratilishi reja qilingan. Hozirgi kunda ushbu reja asosida loyihalar ishlab chiqilib amaliy ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻtgan yillar mobaynida davlatimiz rahbari tomonidan dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi koʻplab qonunlar qabul qilindi. Ushbu qonun va farmonlarni hayotga tatbiq etish natijasida yurtdoshlarimiz yuqori daromad manbaiga yega boʻlibgina qolmasdan bozorlarni xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlamoqda.

F.Eshimbetova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026