YaKKA TARTIBDA UY-JOY QURIŞ UÇUN YeR MAYDONLARI BELGILAGAN TARTIBDA AJRATILADI
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyev 2021-yil 6-noyabr kuni inauguratsiya marosimida nutq sözlab, yetti yönalişdan iborat bölgan “Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning ikkinçi yönalişida amalga oşiriladigan ustuvor vazifalar haqida töxtaldi. Kelgusida maʼmuriy sudlar faoliyatini xalqaro andozalar asosida takomillaştiriş yuzasidan tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilişini, şuningdek, xususiy mulk ustivorligi qonunlarimizdagi asosiy tamoyil sifatida belgilanişini, davlat idorasi maʼlumotiga işonib, mol-mulk sotib olgan şaxsning huquqi buzilmasligi taʼminlanişini taʼkidlab ötdi.
Taraqqiyot strategiyasida belgilangan uşbu ustuvor vazifalarni amalga oşiriş orqali kelgusida yer egalarining mulkiy huquqlari kafolatlanadi, yer uçastkalarini ajratişning barça uçun teng va şaffof tartibi joriy etiladi.
Yakka tartibda uy-joy quriş uçun yer maydonlarini ajratiş töğrisidagi qarorlar, şuningdek, uşbu sohada hokimlik va boşqa davlat organlari mansabdor şaxslarining harakat yoki harakatsizligini qonunga xilof deb topiş bilan boğliq işlar maʼmuriy sudlarga taalluqli bölganligi sababli, muqaddam fuqarolarga uşbu turdagi yer uçastkalarini ajratiş tartibi va uşbu munosabatlarni tartibga soliş uçun asos bölgan ayrim qonun hujjatlari haqida töxtalib ötamiz.
Sönggi yillarda yer bilan boğliq munosabatlarni samarali tartibga soliş, yerlarni muhofaza qilişni takomillaştiriş, yerga oid nizolarni oldini oliş, bu borada fuqaro va yuridik şaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişni yanada takomillaştiriş, şuningdek, yer sohasidagi huquqbuzarliklar uçun javobgarlikni kuçaytirişga oid muhim qonunçilik hujjatlari qabul qilindi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyun kungi “Yer munosabatlarida tenglik va şaffoflikni taʼminlaş, yerga bölgan huquqlarni işonçli himoya qiliş va ularni bozor aktiviga aylantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonini misol tariqasida keltirişimiz mumkin. Uşbu Farmon bilan yer uçastkalarini ajratişning barça uçun teng, şaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etiş, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlaş, yerlarni muhofaza qiliş va yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlaşning yangi huquqiy asosi yaratildi.
Özbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi “Yer uçastkalarini ajratiş va ulardan foydalaniş, şuningdek yerlarni hisobga oliş va davlat yer kadastrini yuritiş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonuniga muvofiq, Özbekiston Respublikasining Yer kodeksiga ham bir qator özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Yer uçastkasiga bölgan mulk huquqi uçun davlat orderi huquqni belgilovçi hujjat bölib, u xususiylaştiriladigan yer uçastkasining qiymatini tölaş töliq va öz vaqtida amalga oşirilganidan keyin bir iş kuni içida Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan beriladi. Xususiylaştirilgan yer uçastkasiga bölgan xususiy mulk huquqi unga bölgan huquq Köçmas mulk obʼektlariga bölgan huquqlarning davlat reyestriga tegişli maʼlumotlarni elektron tarzda kiritiş orqali davlat röyxatidan ötkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi. Yakka tartibdagi uy-joy deganda, bir yer uçastkasida joylaşgan, doimiy yaşaş, dam oliş va şaxsiy xöjalikni yuritişga möljallangan yordamçi-xöjalik imoratlari va hovlidagi inşootlar tegişli bölgan bir yoki bir neça turar joy imorati tuşuniladi.
P.Doşmuradov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Maʼmuriy sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶