24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 20:34
Jamiyat 👁 140

YoShLAR IShTIROKIDA NAVBATDAGI SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

YoShLAR IShTIROKIDA NAVBATDAGI SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

Bugungi kunda yurtimizda halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo insonning huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun koʻplab saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Respublikamiz boʻylab oʻtkazilayotgan sayyor qabullar jarayonida yordamga muhtoj aholining muammolari oʻrganilib, koʻplab ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Shunday uchrashuvlardan biri Amudaryo tumanining Oq oltin ovuli hududidagi 7-sonli maktabda boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlim boshligʻi Ulugʻbek Xudayberganov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapov Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Kengashi Amudaryo tumani boʻlimi raisi Sardor Ismoilov, tegishli tashkilot muassasa vakillari hamda 35 nafar yoshlar ishtirok etishdi.

Sayyor qabul tarzida oʻtkazilgan mazkur uchrashuvdan koʻzlangan maqsad yoshlarning muammolarini oʻrganish, ijobiy hal etilishiga koʻmaklashish, taklif hamda tavsiyalarini tinglashdan iboratdir.

Yigʻilishda tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudayberganov yoshlarga murojaat qilar ekan, hozirgi kunda yoshlar orasida huquqbuzarlik sodir etish holatlari sezilarli darajada oshganligi,va bunday nohush holatlarning oldini olish uchun amalga oshirilayotgan profilaktika ishlari haqida gapirib oʻtdi.

Shundan soʻng tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapov soʻzga chiqib, oila, maktab, mahalla hamkorligini uzluksiz taʼminlash asosiy vazifa ekanligini va bu borada tizimli ishlar koʻlamdorligini yanada oshirish lozimligi haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Yoshlar ittifoqining tuman boʻlimi raisi Sardor Ismoilov esa bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berib, yoshlarni bilim olishga va kasb-hunar egallashga daʼvat qildi.

Shuningdek, mahallalarda 21-yanvardan ish boshlagan yoshlar yetakchilariga yuklatilgan vazifalar haqida toʻxtalib, yoshlar yetakchilari oʻzlari biriktirilgan mahalladagi yoshlarning vakili boʻlishini hamda doimiy ravishda mavjud muammo va kamchiliklari bilan murojaat qilishlari mumkinligin aytib oʻtdi. Qolaversa yetakchilar tomonidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan turli hil aktsiyalar va tadbirlarda faol qatnashib borishlari lozimligini taʼkidladi.

Shundan soʻng, muammoli yoshlarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Mahallaning faol yoshlaridan Muhiddin Jumamurotov hamda Muhiddin Sobirovlar yer ajratib berilishi borasida, Azamat Ibragimov esa bandlik masalasida amaliy yordam soʻrab murojaat qildi.

Yigʻilishda murojaatlar koʻrib chiqilishi va tez orada hal qilinishiga kelishib olindi.

Joylarda tashkil qilinayotgan shu kabi sayyor qabullar natijasida hukumat idoralari va xalq oʻrtasidagi koʻrinmas devor olib tashlanib, yordamga muhtoj fuqarolar oʻz muammolarini mutasaddi tashkilot rahbarlariga toʻsiqsiz yetkazishmoqda. Bu orqali koʻplab muamollar hal qilinib, xalq va davlat yagona maqsad – vatan taraqqiyoti yoʻlida birdek harakat qilayotir.

F.Eshimbetova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026