21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:22
Jamiyat 👁 2,181

HAR JABHADA OʻRNI BORDIR AYoLNING

HAR JABHADA OʻRNI BORDIR AYoLNING

"Onani eʼzozlash bizning mamlakatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga koʻtarilgan fazilat. Ayollarimizni qancha ulugʻlasak, hayotimiz chirogʻi, umrimiz guli, deb eʼzozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni eʼzozlagan boʻlamiz”, - degan edi Yurtboshimiz I.Karimov ayolning, onaning jamiyatdagi va inson hayotidagi oʻrniga baho berib.

Darhaqiqat, hayotimizning shamchirogʻi, mehr-oqibat va sadoqat timsoli boʻlgan ayolning oilada, jamiyatda tutgan oʻrni beqiyosdir. Shu boisdan ham mamlakatimizda ayol-qizlarni eʼzozlash, ularga munosib turmush va mehnat sharoitlari yaratib berishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda istiqlol yillarida ayol-qizlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ularning hayotdagi ijtimoiy faolligini oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi "Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoni oʻziga xos yangi davrni boshlab berdi. Mazkur Farmonga muvofiq amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar bugungi kunda oʻzining ijobiy samaralarini bera boshladi. Avvalo oilalar mustahkamligi, unda sharqona odob-axloq va sogʻlom turmush tarzi hukmron boʻlishi taʼminlanmoqda, farzandlarimizning toʻlaqonli bilim olib, uzluksiz 12 yillik taʼlimni, kasb-hunarni puxta egallab, mehnat bozorida oʻz oʻrnini topa oladigan kasb-hunarli, shiddatkor zamonamizga xos bilimli va iqtidorli qilib tarbiyalashga eʼtibor qaratilmoqda. Oʻsib kelayotgan qizlarimizga oila muqaddasligini, uni oʻzaro hurmat, ishonch, mehr-muhabbat asosida qurish lozimligi, ulkan masʼuliyatlari borligi, erta turmush qurishning, qarindoshlar orasidagi nikohlarning ayanchli oqibatlari tushuntirilmoqda. Natijada turmushimizda buningdek salbiy holatlarning oldi olinayapti.

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, iqtidorlarini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida turli koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalari oʻtkazilayapti va gʻoliblar munosib ragʻbatlantirilayapti. Yaqindagina "Olmazor” mahallasida tashkil etilgan "Orasta qizlar” guruhi oʻz faoliyatlariga doir koʻrik-tanlovda Qoraqalpogʻiston Respublikasi gʻolibi boʻlib kelganligi bu boradagi hara-katlarimizning bir natijasi, desam arziydi.

Munosib mehnat sharoitlari yaratilayotganligi bois rahbarlik lavozimlarida, masʼuliyatli vazifalarda ishlayotgan ayol-qizlarimiz koʻpchilikni tashkil etadi. Soʻzimning isboti sifatida tumanimiz xotin-qizlari orasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, tuman Kengashi deputatlari,  umumtaʼlim maktablari direktorlari, fermerlar va tadbirkorlar borligi ayol-qizlarimizning barcha jabhalarda  munosib oʻrni borligini koʻrsatadi. Bu istiqlol yillarida ularning mehnatlari munosib baholanib, qadr topayotganini koʻrsatadi.

Taraqqiyot sari qutlugʻ evrilishlar bilan kechayotgan ayni kunlarimizda xotin-qizlarimiz mamlakatimiz mustaqilligining 23 yilligini mehnatda munosib natijalar bilan qarshilamoqdalar.

Maryam AHMEDOVA,

tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026