24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:21
Jamiyat 👁 218

2021-yilda tuman boʻyicha jami 4 ming 880 nafar fuqaroga identifikatsiya ID kartalari rasmiylashtirib berildi

2021-yilda tuman boʻyicha jami 4 ming 880 nafar fuqaroga identifikatsiya ID kartalari rasmiylashtirib berildi

Fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat – pasport tizimi qoidalariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining masʼuliyatli burchi hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatimizda vaqtincha boʻlib turgan shaxslar uchun ham Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan roʻyxatdan oʻtishlari hamda mamlakatimizda vaqtinchalik yashab turish qoidalariga qatʼiy amal qilishlari talab etiladi.

Bu borada Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqish tartibi, chet el fuqarolarining mamlakatimizda vaqtincha boʻlib turish tartibiga rioya etishlari qatʼiy nazoratga olingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgust kungi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqish tartibini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2018-yil 28-dekabr kungi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqish tartibi toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasida 2021-yil davomida 14 ming 463 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, xorijga chiqish beometrik pasportlari rasmiylashtirib berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabr kungi “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID kartalarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni talablariga asosan biometrik pasport oʻrniga joriy etilayotgan identifikatsiya ID kartalarini olish va almashtirish uchun tuman Ichki ishlar boʻlimining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga murojaat qilgan fuqarolarga shu kunning oʻzida ID karta rasmiylashtirilib berilmoqda.

Jumladan 2021-yil davomida jami 4 ming 880 nafar fuqaro murojaat qilgan boʻlib ularning barchasiga ID karta rasmiylashtirib berildi.

Boʻlimga 2021-yil boshidan fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini olish uchun 17 nafar shaxslar murojaat qilishgan.

Shuningdek, 2021-yil boshidan 2 nafar chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish uchun murojaat qilgan.

Tuman hududida oʻtkazilgan “Pasport-viza” tadbiri davomida 2021-yil boshidan beri 344 nafar fuqaro pasport tizimi qoidalarini buzib yashab yurganligi aniqlanib, bu fuqarolarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 223-moddasi 1-qismiga koʻra, maʼmuriy bayonnomalar toʻldirildi va davlat foydasiga jami 35 million 690 ming soʻm miqdorida jarima undirildi va ushbu fuqarolarning barchasiga ID karta rasmiylashtirilib berildi.

Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlaridan 2021-yil boshidan beri tumanimizga 1 ming 188 nafar shaxslar kelgan. Shulardan 954 nafari Qozogʻiston Respublikasi, 61 nafari Rossiya Federatsiyasi, 2 nafari Qirgʻiziston Respublikasi, va 1 nafari Turkmaniston Respublikasi fuqarolaridir. Shuningdek, Turkiya, Germaniya va Ozarboyjonning 1 nafardan fuqarolari vaqtincha yashash uchun roʻyxatga olingan.

Amudaryo tumaniga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan 2021-yilning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonda boʻlish qoidalari rioya qilmasdan yashab kelganligi holatlari aniqlanmadi.

Boʻlinma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 14-noyabr kungi buyrugʻi talablari asosida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar muallifiga javob xatlari oʻz vaqtida berib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasidan hamda Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasidan oʻtgan 2021-yil davomida tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga 6 ta arizalar kelib tushgan boʻlib, belgilangan tartibda oʻz vaqtida oʻrganib chiqildi va murojaat egalariga javob xatlari yuborildi.

Ayni paytda Amudaryo tumani hududida Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar 358 nafar, chet el fuqarolari 215 nafarni tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentyabr kungi 593-sonli va 408-sonli Qarorlariga asosan ushbu fuqarolarning yashash manzillari belgilangan tartibda tekshirilib, Oʻzbekiston Respublikasida yashash qoidalariga amal qilishlari qatʼiy nazoratga olingan. Shu bois, tuman hududida fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida yashash qoidalarini buzish holatlari uchramayapti.

Boʻlinma tomonidan Amudaryo tumani hududida yashab kelayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻz vaqtida aniqlanib, ular bilan profilaktik suhbatlar, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Natijada oʻtgan 2021-yil  davomida jami 71 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi va barchasiga ID karta berildi.

A.Umarov, Amudaryo tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi boshligʻi, kapitan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026