PROBATsIYa NAZORATIDAGI 4 NAFAR MAHKUM MUDDATIDAN ILGARI OZOD ETILDI
Probatsiya nazorati ostidagi ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolarga hukm qilingan şaxslarni ijtimoiy hayotga moslaştiriş, ularning bandligini taʼminlaş, öqişga va işga joylaştiriş, nazorat ostidagilarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam körsatiş, eng asosiysi, şaxsni tarbiyalaş kabilar borasida samarali çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
26-yanvar kuni Yangiobod mahalla fuqarolar yiğini binosida Jinoyat işlari böyiça tuman sudi tomonidan içki işlar organlari Probatsiya guruhi nazoratidagi mahkumlarga doir iş böyiça sayyor sud ötkazildi. Uşbu sayyor sudda Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi Jasur Örazboyev, tuman prokurori yordamçisi Abbaz Niyozimbetov, Içki işlar organlari Probatsiya guruhi katta inspektori Ruslan Iskandarovlar qatnaşdilar. Sudda tuman içki işlar organlari Probatsiya guruhi tomonidan 6 nafar mahkumga nisbatan kiritilgan taqdimnomalari körib çiqildi.
Mahkumlardan biri Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddalariga köra 2-yil 6 oy muddatga 10 foiz axloq tuzatiş işlari jazosiga hukm qilingan. Uşbu şaxs Probatsiya nazoratida turib, jazoni ötaş tartib va qoidalariga töliq amal qilib, axloq tuzatiş işlari jazosining uçdan bir qismidan köproğini, yaʼni 10 oy 10 kun muddatini ötagan.
Keyingi mahkum esa 1-yil 6 oy muddatga barça turdagi transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilinib, Jinoyat Kodeksining tegişli moddasiga köra, 3-yil muddatga 30 foiz axloq tuzatiş işlari jazosiga sudlangan. Probatsiya guruhi nazoratiga olinganidan söng, tegişli tartib-qoidalarga amal qilib, xulqi yaxşi tomonga özgargan va öz qilmişining oqibatini anglab yetgan.
Mahkumlardan yana biri Özbekiston Respublikasi JKning 177-moddasi 2-qismi bilan 1-yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosiga sudlangan. Mahkum tuman Içki işlar bölimiga ötgan yili hisobga qöyilgan va jazoni ötaş qoidalari, belgilangan çeklovlarga amal qiliş tartiblari tuşuntirilgan. Jazoni ötaş davrida özining jinoiy qilmişlarini töliq anglab yetib, tuzaliş yöliga qatiy ötib, belgilangan çeklovlarga töliq amal qilgan uşbu şaxs ham tayinlangan ozodlikni çeklaş jazosining uçdan bir qismidan köproq muddatini ötagan.
Taqdimnoma asosida işi sudda körilayotgan navbatdagi mahkum Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddalariga köra 4-yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosiga sudlangan. Uşbu mahkumning qamoqda saqlangan davri ötagan deb hisoblanib, ötaş uçun 3-yildan ziyod muddat belgilangan va tuman Içki işlar bölimiga hisobga qöyilgan. Unga ham jazoni ötaş qoidalari, belgilangan taʼqiqlarga amal qiliş tartiblari tuşuntirilgan. Mahkum jazoni ötaş davrida özining jinoiy qilmişlarini töliq anglab yetib, tuzaliş yöliga qatiy ötgan va belgilangan çeklovlarga töliq amal qilgan.
Şunga köra tuman içki işlar organlari Probatsiya guruhi tomonidan uşbu mahkumlarni Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod kiliş masalasini körib çiqiş uçun sudga taqdimnoma kiritilgan. Sud işi davomida mahkumlarning belgilangan jazodan töğri xulosa çiqarganini inobatga olindi va Probatsiya guruhi taqdimnomasi qanoatlantirildi. Taqdimnomaga asosan 4 nafar mahkum ötalmagan jazosini ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi.
Sayyor sud majlisida jinoyatining oqibatlarini töla anglab, axloqan tuzaliş yöliga ötgan va jazodan muddatidan ilgari şartli ozod etilgan 4 nafar mahkum xalqimizga xos bağrikenglik bilan qilmişlari keçirilgani uçun davlatimizga minnatdorlik bildirdi. Jamiyatda öz örnini topib, munosib xulq-atvorda böliş va yurtimiz rivojiga öz hissasini qöşişga qatiy söz berdilar.
Jasur Örazboyev, Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶