Maʼmuriy sud işlarini yuritişdagi muddatlar
Fuqarolar va yuridik şaxslarning buzilgan huquqlarini tiklaş bevosita maʼmuriy sudlarga taalluqlidir.
Maʼmuriy sudlarda nizoli munosabatda javobgar davlat boşqaruv organlari, maʼmuriy huquqiy faoliyatni amalga oşiruvçi boşqa organlar, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va ularning mansabdor şaxslari bölib hisoblanadi.
Maʼmuriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksining 188-moddasiga köra, manfaatdor şaxs maʼmuriy organning, fuqarolar özini özi boşqariş organining qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor şaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topiş töğrisida ariza (şikoyat) bilan, agar bu qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli, uning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini buzgan, uning huquqlari, erkinliklarini amalga oşirişga va qonuniy manfaatlarini röyobga çiqarişga tösiqlar vujudga keltirgan, uning zimmasiga qonunga xilof ravişda biror-bir majburiyat yuklagan, uning u yoki bu sohadagi faoliyatni amalga oşirişi uçun boşqa tösiqlar vujudga keltirgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilişga haqli.
Hozirgi kunda maʼmuriy sudlarga murojaat qiluvçilarning aksariyatining tuşunmovçiligiga sabab bölayotgan maʼmuriy organlar bilan boğliq muammolardan biri – bu muddatni qöllab ariza (şikoyat)ning rad qilinişidir.
Maʼmuriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksining 186-moddasiga köra, agar uşbu Kodeksda yoki özga qonunlarda boşqa muddatlar belgilanmagan bölsa, maʼmuriy organning, fuqarolar özini özi boşqariş organining, ular mansabdor şaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (şikoyat) manfaatdor şaxsga özining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi töğrisida maʼlum bölgan paytdan eʼtiboran uç oy içida sudga berilişi mumkin, davlat ijroçisining qarorini haqiqiy emas, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topiş töğrisidagi ariza (şikoyat) manfaatdor şaxsga özining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi töğrisida maʼlum bölgan paytdan eʼtiboran ön kun içida sudga berilişi mumkin, ariza (şikoyat) berişning uzrli sababga köra ötkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanişi mumkin.
Arizaçi tomonidan mazkur qonunda belgilangan uç oylik muddatning ötkazib yuborilişi uning taqdim etgan arizasi (şikoyati)ning qanoatlantirişdan rad qilinişiga sabab böladi.
Maʼmuriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksdan farqli ravişda Fuqarolik kodeksining 150-moddasida daʼvo muddati uç yil deb belgilangan.
Ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan işlar yuzasidan Maʼmuriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksning 186-moddasida belgilangan muddatlar manfaatdor şaxsga öz huquqlarining buzilganligi maʼlum bölgan paytdan boşlab ötkazib yuborilgan bölib hisoblanadi.
Sud manfaatdor şaxsning arizasiga asosan ötkazib yuborilgan muddatni uzrli deb topişi mumkin. Lekin muddatning uzrli sabablar bilan ötkazilganligini tasdiqlovçi dalillarni taqdim etiş majburiyati manfaatdor şaxsning zimmasida qoladi.
Manfaatdor şaxs özining buzilgan huquqlarini tiklaş, özining huquq va qonuniy manfaatlarining buzilişiga sababçi bölgan maʼmuriy organlar yoki özini özi boşqaruv organlari qarorlarini haqiqiy emas deb topişga, maʼmuriy organlar yoki özini özi boşqaruv organlari mansabdor şaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda maʼmuriy sudga murojaat qilişi nizoning ijobiy hal qilinişiga sabab bölişi mumkin.
Raxima Xudayberganova, Qoraqalpoğiston Respublikasi maʼmuriy sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶