PROKUROR VA YoŞLAR UÇRAŞUVI DAVOM ETMOQDA
27-yanvar kuni Amudaryo tumanining Yangiobod mahallasi hududidagi 40-sonli maktabda prokuror va yoşlar uçraşuvi tadbiri taşkil etildi.
Tadbirda tuman prokurori Javlonbek Muftullayev, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapov, Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi raisi Sardor Ismoilov hamda Yangiobod, Döstlik mahallalarida istiqomat qiluvçi 35 nafar faol yoşlar qatnaşişdi.
Sayyor qabul tarzida ötkazilgan mazkur uçraşuvdan közlangan maqsad, yoşlarning huquqiy salohiyatini yanada oşiriş, ijtimoiy-siyosiy faolligini qöllab-quvvatlaş, muammolarini tinglaş va ijobiy hal etilişiga kömaklaşişdan iboratdir.
Uçraşuvda Javlonbek Muftullayev yoşlarga qarata murojaat qilar ekan, mamlakatimizda yoşlarning yuksak marralarni egallaşlari uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar, çeksiz imkoniyatlar mavjudligi haqida töxtalib, yoşlarni öqib bilim olişga, şijoat bilan olğa intilişga çorladi. Hamda suhbat davomida yoşlarning prokuratura organlari faoliyatiga doir qiziqtirgan savollariga misollar bilan javob qaytardi.
Erkin muloqot tarzida ötgan uçraşuvda yoş avlod vakillari tuman prokuroriga öz rejalari, maqsad va intilişlarini bayon etişdi. Öz navbatida tuman prokurori bugungi kunda yoşlarning yanada faol bölişiga va kelgusida mamlakat ravnaqiga munosib hissa qöşişlari uçun hayotiy tajribsidan kelib çiqib, öz taklif va maslahatlarini berdi.
Tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapov esa bugungi kunda yoşlarni qiynayotgan muammo va kamçiliklar bilan murojaat qilişlarida heç qanday tösiqlar yöqligini, qabul qilingan murojaatlar albatta, ijobiy natijalar berişini aytib ötdi.
Faol yoşlardan Mansurbek Allamberganov yuqoridagi sözlarning tasdiği sifatida Oliy öquv yurtida taʼlim olişi uçun kontrakt pulining 30 foizini qoplab berişda amaliy yordam berganligi uçun tuman prokuroriga minnaddorlik bildirdi.
Şundan söng yoşlardan kelib tuşgan murojaatlar tinglandi. Murojaatlar mazmuni asosan imtiyozli kredit oliş, bandlik, yer ajratilişi masalalarida böldi.
Bundan taşqari, Oliy taʼlim muassasasida taʼlim oluvçi faol yoşlardan biri Xursand Ortiqboyevning “Yoşlar kelajagi” telegram - boti işlab çiqilişi böyiça bildirgan taklifi qabul qilindi. Hamda tadbirkorlik qiliş istagidagi yoşlardan biri, Daston Muradovga “ye-auksion” orqali yer oliş tartibi böyiça tuşinçalar berib ötildi.
Uçraşuv davomida yoşlardan 6 ta murojaat va takliflar kelib tuşdi. Qabul qilingan murojaatlar ijrosi tez orada hal qiliniş maʼlum etildi. Uçraşuv söngida tuman prokurori yoşlarga kelajakdagi işlariga omad tilab, tuman prokuraturasi doimo yoşlar bilan birga ekanligi, idora eşiklari yoşlar uçun hamişa oçiq ekanligini taʼkidladi.
F.Eşimbetova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶