OTABEK – TUMANIMIZ YoŞLARINING FAXRI VA IFTIXORI
Mamlakatimizda yoşlar uçun yaratilayotgan şaroit va imkoniyatlar kölami bugun juda keng. Bundan foydalanib kamolga yetayotgan, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, öz yurti va xalqiga fidoyi, ajdodlarimiz boşlab bergan işni davom ettirişga qodir bölgan, har tomonlama soğlom va barkamol avlodni aslo yengib bölmaydi. Öz maqsadlariga yetişda dadil va doim yangilik sari intiluvçi yoşlar elimizning faxri va ğururidir.
Amudaryo tumanida ham yuksak çöqqilarni zabt etayotgan, öz ustida tinim bilmasdan işlayotgan, öz oilasi va Vatani oldidagi burçini çin yurakdan his qilib, taʼlim olayotgan yoşlar bisyor. Ana şunday ilğor fikrli, dunyoqaraşi keng, maʼnaviyatli, mard va jasur öğlonlardan biri Otabek Rahimboyevni yurt taraqqiyoti uçun intilayotgan yoşlardan, desak aslo adaşmagan bölamiz.
Otabek Rahimboyev Amudaryo tumanining Yuqori qişloq mahallasida, ziyoli oilada tuğilib, voyaga yetdi. Onasi Zulfiya Yodgorova geografiya fani öqituvçisi. Ham oilada, ham maktabdagi yuksak maʼnaviy muhit ostida katta bölgan Otabek ham ota-onasining sohasini tanladi.
2017-yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining geografiya va tabiiy resurslar fakulteti gidrometeorologiya taʼlim yönalişi talabasi böldi. Talabalik davridanoq ustozlar eʼtirofiga sazovor bölib, 50 dan ortiq tanlov, konferentsiya va olimpiadalar ğolibiga aylandi.
Izlanuvçan va bilimga çanqoq Otabek 2020-yil 26-avgust kuni Prezidentimiz tomonidan taʼsis etilgan “Mard öğlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Uşbu mukofotga sazovor böliş hammaga ham nasib qilavermaydi. Ular orasida Otabekning ham borligi bizga özgaça ğurur va iftixor bağişlaydi.
Joriy yil 10-yanvar kuni Otabek muhandislik geologiyasi fanidan Butunrossiya talabalar va magistrantlar örtasida ötkazilgan onlayn olimpiadada qatnaşib, faxrli birinçi örinni egalladi.
Yurtimizda yoşlarning bilim olişlari, kasb-hunar egallaşlari uçun barça şart-şaroit va imkoniyatlar yaratilgan. Yoşlardan esa faqatgina yaratilgan imkoniyatlardan foydalaniş talab qilinadi, xolos.
Hozirgi kunda Otabek Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti Geologiya-qidiruv va kon metallurgiya fakulteti gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi va geofizikasi kafedrasi 1-bosqiç magistranti. Ilmiy salohiyati va erişgan yutuqlari tufayli magistraturaga imtiyozli ravişda qabul qilingan.
U hozirda ilmiy rahbari Mirabbos Zokirov rahbarligida “Orolböyi hududlarining antropogen omillar taʼsiri ostida muhandislik geologik şaroitlarning özgarişini örganiş” mavzusida ilmiy tadqiqot işlarini olib bormoqda.
Tumanimizning intiluvçan, bilimga çanqoq, izlanuvçan öğloniga kelgusi öqiş va işlarida muvaffaqiyatlar tilab, bundanda baland marralarni zabt etişiga umid qilib qolamiz.
F.Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶