TUMANDA TRANSPORT VOSITALARINING MAJBURIY TEXNIK KÖRIGI BOŞLANDI
Mamlakatimizda transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalaniş normalari va qoidalariga rioya etilişi böyiça samarali nazoratni taşkil etiş, transport vositalari texnik holati va uskunalarining yöl harakati xavfsizligining texnik reglamentlari yoki standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholaş, transport vositalarining sonini, holatini, amalda mavjudligini va röyxatdan ötkaziş böyiça boşqa maʼlumotlarini aniqlaştiriş, yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş yuzasidan profilaktika işlarini taşkil etiş, yöl harakati va transport vositalaridan foydalaniş sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini oliş, ularni aniqlaş va ularga barham beriş maqsadida transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş tadbiri amalga oşiriladi.
Joriy yilning 22-yanvarida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev tumanimizda uşbu muhim tadbirni ötkaziş böyiça qaror qabul qildi va bu böyiça tuman komissiyasi tarkibi şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslarga tegişli bölgan transport vositalarining 2022-yilgi majburiy texnik körikdan ötkaziş jadvalini tasdiqladi. Amaldagi qonunçilikka muvofiq transport vositalaridan tijorat asosida yölovçilar taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi yengil avtomobillar, avtobuslar, örindiqlari soni 8 ta va undan ortiq bölgan, odamlarni muntazam taşiş uçun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, oğir vaznli va xavfli yuklarni taşiş uçun möljallangan transport vositalari va ularning tirkamalari bir yilda ikki marta, işlab çiqarilganiga olti yildan köp bölmagan transport vositalari ikki yilda bir marta, işlab çiqarilganiga 6-yildan köp bölgan yoki işlab çiqarilgan vaqti aniq bölmagan transport vositalari bir yilda bir marta texnik körikdan ötkaziladi.
Transport vositalarining majburiy texnik körigi Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati organlari hamda tadbirkorlik subʼektlari tomonidan Özbekiston Respublşikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş tartibi töğrisida”gi Nizomga muvofiq ötkaziladi va tegişli yiğim undiriladi.
Jismoniy şaxslarga tegişli bölgan M1 toifadagi transport vositalari faqat tadbirkorlik subʼektlari tomonidan texnik körikdan ötkaziladi.
Tumanimizda uşbu tadbirning sifatli va belgilangan muddatlarda ötkazilişini taʼminlaş böyiça tegişli işlar amalga oşirilmoqda.
Dilşod AMINOV, tuman Içki işlar bölimi davlat yöl-harakati
xavfsizligi bölinmasi boşliği, katta leytenant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶