24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:22
Jamiyat 👁 336

KORRUPTsIYa - YoShLAR NIGOHIDA

KORRUPTsIYa - YoShLAR NIGOHIDA

Bugungi kunda korruptsiyaga qarshi kurashish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korruptsiya holatlarining oldini olish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu orqali qonun ustuvorligini taʼminlash bugungi kun tartibidagi asosiy vazifa hisoblanadi. Mana shu vazifalarni amalga oshirish choralarining bir koʻrinishi sifatida oʻtgan 2021-yilda Adliya vazirligi tomonidan 9-dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Korruptsiya – taraqqiyot kushandasi” nomli umummilliy insholar tanlovi Respublika boʻylab keng miqyosda tashkil etildi.

Amudaryo tumanida ham “Korruptsiya – taraqqiyot kushandasi” nomli umummilliy insholar tanlovi oʻtkazilib, unda tumanimizdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 8-11-sinf oʻquvchilari hamda oliy taʼlim muassasasi talabalari ishtirok etib tanlov qizgʻin va yuqori darajada oʻtkazildi.

Insholar tanlovida ishtirokchilar jamiyatni yemiruvchi asosiy illat-korruptsiya ekanligini oʻzining ijodkorlik qobiliyatlari orqali sermazmun satrlada ifodalab berishdi.

Shuningdek, gʻolib boʻlgan ishtirokchilar tuman Xalq taʼlimi boʻlimi, Adliya boʻlimi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashining Qonunchilikni taʼminlash va korruptsiyaga karshi kurashish masalalari boʻyicha doimiy komissiya tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab oʻtkazilgan ushbu tanlovda 10 mingdan ortiq oʻquvchi-yoshlarning insholari saralab olinib, eng munosib koʻrilganlari “Korruptsiya – yoshlar nigohida” nomli kitobga kiritildi.

Quvonarlisi, tumanimizdagi 40-sonli umumtaʼlim maktabining sobiq oʻquvchisi Komila Baxtiyorovaning ham ijod maxsuli yuqori baholanib ushbu kitobga kiritildi.

31-yanvar kuni Amudaryo tumani hokimligi binosida mazkur kitobning taqdimot marosimi oʻtkazildi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati, tuman hokimligi va siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari masʼullari ishtirok etdi.

Komila Baxtiyorova hozirgi kunda Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari universitetining xorijiy tillar fakulteti, ingliz tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishida 1-bosqich talabasi.

Shu oʻrinda aytish lozimki, Respublika miqyosida oʻtkazilgan ushbu tanlovda tumanimizdan yetishib chiqqan yosh isteʼdodlardan birining mehnati yuqori baholanib, eʼtirofga sazovor boʻlgani Komilaning barcha tengdoshlari va tumanimiz yoshlarini ham bilim olishga, oʻz ustida izlanishga chorladi.

Oʻtkazilgan insholar tanlovi orqali adolatparvar yoshlarimizning ona vatanga mehr-muhabbati, korruptsiyaga qarshi kurashishda yoshlarimizning fikrlash qobiliyati ancha teranligi va shaxsiy dunyoqarashga ega ekanligi yaqqol namoyon boʻldi.

Darhaqiqat, gap korruptsiyaga qarshi kurash haqida borar ekan, bu borada jamoatchilikning nazorati juda muhim ekanini alohida taʼkidlash kerak. Eng asosiysi, bu jarayonda yoshlarning faolligi sezilayotgani eʼtiborga molikdir.

Vatanimiz kelajagi yoshlar qoʻlida. Shunday ekan, ularning maʼnan barkamol boʻlib yetishishlari, korruptsiya singari illatning tuzogʻiga tushmasliklari uchun barchamiz birdek harakat qilmogʻimiz darkor.

F.Eshimbetova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026