24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 18:03
Jamiyat 👁 331

ASKARLAR IMTIYoZLI TAVSIYaNOMA UChUN TEST TOPShIRDI

ASKARLAR IMTIYoZLI TAVSIYaNOMA UChUN TEST TOPShIRDI

Harbiy xizmatni oʻtash har bir oʻgʻlon uchun muqaddas burch va gʻururdir. Bu yoʻnalishda vatan himoyachilariga, jumladan muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlarga qator imkoniyat va imtiyozlar yaratilgan. Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi joriy qilingani ham shular jumlasidandir.

Amudaryo muhandislik texnikumida tumandagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmat burchini oʻtayotgan yigitlar uchun test sinovlari oʻtkazildi.

Test jarayonlari Davlat test markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi, Amudaryo tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq test jarayoni adolatli va shaffof tazda oʻtkazildi.

Shu oʻrinda qayd etish lozimki, tavsiyanomalar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga beriladi.

 Amudaryo muhandislik texnikumi binosida boʻlib oʻtgan mazkur test sinovida muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik dasturlarini oʻzlashtirganlik darajasi, matematika, fizika fanlari boʻyicha bilimi, shuningdek, mantiqiy fikrlash qobiliyati sinovdan oʻtkazildi.

Kelgusida aniq maqsadlarni oldiga qoʻygan oʻgʻlonlar berilgan imkoniyatdan unumli foydalanishga, bor bilimini ishga solib, berilgan savollarga toʻgʻri va aniq javob berishga harakat qilishdi.

Davlat test markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi xodimlari test jarayoniga alohida masʼuliyat va javobgarlik bilan yondashib, zamonaviy videokuzatuv moslamalaridan foydalangan holda imtihonning shaffof va haqqoniy oʻtishini kuzatib bordilar.

Yana bir jihat, imtiyozli tavsiyanoma berishda askarlarning harbiy xizmat mobaynida jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik fanlaridan olgan baholari, hizmatda erishgan yutuqlari, namunali hulqi, vazifalarni alo darajada bajarganligi ham eʼtiborga olinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, tavsiyanomaga ega boʻlgan fuqarolar respublikaning oliy harbiy taʼlim muassasalaridagi tegishli taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra oʻzlari toʻplagan ballarining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyozga ega boʻladilar. Qolaversa, oliy harbiy taʼlim muassasalaridan tashqari respublikaning barcha oliy taʼlim muassasalari bakalavriatura yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul koʻrsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega boʻladilar.

Quroli Kuchlarimiz safida xizmat qilayotgan har bir oʻgʻlon bizning faxrimiz va gʻururimizdir. Oʻz yigitlik burchini oʻtab, oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni davom ettirayotgan yoshlar esa yurt taraqqiyoti va xalq farovonligiga yanada koʻproq hissa qoʻshishi shubhasiz.

Fotima Eshimbetova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026