21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:51
Salomatlik 👁 415

ShIFOKORLAR AHOLI OʻRTASIDA SOGʻLOM TURMUSh TARZINI QOʻLLAB-QUVVATLASh BOʻYIChA TADBIRLAR OʻTKAZIShMOQDA

ShIFOKORLAR AHOLI OʻRTASIDA SOGʻLOM TURMUSh TARZINI QOʻLLAB-QUVVATLASh BOʻYIChA TADBIRLAR OʻTKAZIShMOQDA

Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilishda profilaktika ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Aholi orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, jismoniy faollikni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlamini yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi vazifalarni taʼminlashga qaratilgan Prezident Farmon va Qarorlari sohani rivojlantirishda muhim dasturilamal boʻlmoqda.

Amudaryo tumanida ham Tibbiyot birlashmasi shifokorlari, shuningdek, oʻrta tibbiyot xodimlari tomonidan aholi orasida yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olish boʻyicha turli sogʻlomlashtirish tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Tibbiyot birlashmasida Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish boʻlimi tashkil etilgan boʻlib, ushbu boʻlimda shifokor xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Aholi salomatligini mustahkamlashga oid aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, tibbiy madaniyatni rivojlantirish, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va ommaviy sport harakatini tibbiyot profilaktikasi bilan integratsiyalash, bu borada ommaviy tadbirlarni oʻtkazish ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilangan.

Boʻlim xodimlari ishi mahallabay usulda tashkil qilinib, tumanning barcha hududlaridagi oilaviy poliklinka va oilaviy shifokorlik punktlarida salomatlik burchaklari hamda salomatlik maktablari tashkil qilindi. Undan tashqari, aholi oʻrtasida turli tadbirlar tashkil etilib, “Sport salomatlik garovi”, “Jismoniy faollik va ommaviy sport”, “Xonadonlarga eslatma”, “Covid-19ning yuqish yoʻli va profilaktikasi” kabi mavzularda eslatmalar va mikroplakatlar tarqatilib kelinmoqda.

Oʻtgan davr mobaynida “Toza qoʻllar va toʻgʻri nafas olish” aktsiyasi, nafis gimnastika boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar, faol yurish tadbirlari tashkil etildi va ularda tibbiyot birlashmasi va mahalla fuqarolari qatnashishdi. “Toʻgʻri ovqatlanish – sogʻlom hayot demakdir” haftaligida tuman boʻyicha salomatlik darslari, uchrashuvlar va davra suhbatlari oʻtkazildi. Maktablarda, mahallalarda, aholi koʻp toʻplanadigan joylarda boʻlib oʻtgan ushbu tadbirlarga imkon boricha turli yoshdagi fuqarolar jalb etildi.

Joriy yil boshida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tumandagi harbiy qismda ularning oila aʼzolari bilan Covid-19ning yuqishi va uning oldini olish, emlanish, sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik, shaxsiy gigiyena, zararli odatlar, reproduktiv salomatlik mavzularida davra suhbatlari uyushtirildi. Barcha hududlardagi tibbiyot maskanlarida salomatlik burchaklari hamda salomatlik maktablari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida yuqumli boʻlmagan kasalliklar xavf omillarini aniqlash maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi ijrosi boʻyicha yanvar oyida 4774 nafar 40 yoshdan oshgan fuqarolar skriningdan oʻtkazildi va ularga ommaviy jismoniy faollik, sogʻlom ovqatlanish, shaxsiy gigiyena emlashning ahamiyati boʻyicha tushunchalar berildi.

Haftaning dushananba kunlari “Stressga qarshi kurash kuni”, seshanba kunlari “Tuz va shakarni cheklash kuni” aholi koʻp toʻplanadigan maydon, bozor, xiyobonlarda, korxona va muassasalarda 18 yosh va undan katta yoshdagi aholi orasida antropometrik oʻlchovlar va qisqa savolnoma asosida tadbirlar tashkil kilinib, tegishli tavsiyalar berilmoqda.

“Tamakisiz kun” deb belgilangan chorshanba kunlarida ham aktsiyalar oʻtkazilib, taʼlim muassasalari, korxona va muassasalarda tamakining inson organizmiga zararli taʼsiri boʻyicha tadbirlar oʻtkazilmoqda. Payshanba kunlari “Sogʻlom ovqatlanish kuni” deb nomlanib, mahallalar, korxona-tashkilotlarda koʻrgazmali ravishda sogʻlom ovqatlanish tamoyillari boʻyicha “Salomatlik darslari” tashkil kilinib, ishtirokchilarga tegishli maslahatlar berilmoqda.

“Piyoda yurish” va “Salomatlik” kuni deb belgilangan juma va shanba kunlarida Tibbiyot birlashmasi, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlari maydonchalari, markaziy oʻyingohlarda gimnastrada, faol va sportcha yurish tadbirlari tashkil etilib, turli yoshdagi fuqarolar ishtiroki taʼminlanmoqda.

Sogʻlom turmush tarzida odamlar salomatligiga taʼsir koʻrsatuvchi zararli omillar boʻlmasligi, inson ulardan ongli ravishda oʻzini chetga olishi kerak. Bu borada keng tushunchalar berish, tumanimiz aholisining tibbiy madaniyatini yanada oshirish hamda bu boradagi hukumat qarorlari ijrosini, aholi salomatligini taʼminlash tibbiyot xodimlarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Jumaboy Yavkashev, TTB Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026