56-sonli maktabda davra suhbati ötkazildi
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan eʼlon qilingan “Yoşlar – yangi Özbekiston bunyodkorlari” loyihasining kalendar rejasi böyiça joylarda adabiy-badiiy uçraşuvlar, davra suhbatlari ötkazilib kelinmoqda. Ovul va mahallalar fuqarolar yiğinlarida, maktablarda va boşqa jamoat joylarida ötkazilayotgan uçraşuvlarda yoşlarning maʼnaviyatini yuksaltirişga oid masalalar muhokama qilinmoqda.
Ayniqsa “Oilada farzand tarbiyasining ahamiyati, yoşlarni zararli illatlar va turli illatlardan himoya qilişda ota-onalar va mahallaning örni”, “Yoşlarning maʼnaviyatini yuksaltiriş, şu orqali ularni giyohvandlik, axloqsizlik va zararli taʼsirlardan himoya qiliş”, “Yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzi könikmalarini keng tarğib qiliş” mavzularidagi suhbatlar barçada birdek qiziqiş uyğotmoqda.
Bu davra suhbatlarida mahalla faollari, imomlar, maʼnaviyat tarğibotçilari, şifokorlar, ijodkorlarning iştirok etişi olib borilayotgan tuşuntiriş işlarining yanada samarali bölişiga salmoqli hissa qöşib kelmoqda.
Taşkilot tomonidan navbatdagi davra suhbati Manğit şahridagi Durunki mahalla fuqarolar yiğinida ötkazildi.
“Oilada farzand tarbiyasining ahamiyati, yoşlarni zararli illatlar va turli axloqsizliklardan himoya qilişda ota-onalar va mahallaning örni” mavzusida ötkazilgan davra suhbatida mahalla faollari, imomlar, maʼnaviyat tarğibotçilari, 56-sonli umumtaʼlim maktabining öqituvçilari iştirok etdilar.
Davra suhbatini Durunki mahalla fuqarolar yiğini raisi Şuhrat Jumaniyozov kiriş sözi bilan oçdi hamda mahalla hududida yoşlar tarbiyasiga oid olib borilayotgan işlar, yoşlar orasida bandligini taʼminlaş, ularga har tomonlama moddiy va maʼnaviy yordamlar körsatilayotgani haqida batafsil töxtalib ötdi.
“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti raisi Örozali Reyimov öz sözida taşkilot tomonidan eʼlon qilingan grant loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati, loyiha doirasida amalga oşiriladigan işlar va ulardan kutilayotgan natijalar haqida söz yuritdi. Loyihaning asosiy vazifasi yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, tumanimizdagi ijodkor yoşlarga keng imkoniyatlar yölini oçib beriş uçun tumanimizda barça şaroitlar mavjud. Tumanda “Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalari, amunews.uz veb-sayti hamda Amudaryo televideniyesi muntazam ravişda ijodkor yoşlarni elga tanitib kelmoqda. Bundan taşqari “Taraqqiyot közgusi” gazetasi qoşidagi naşriyotda ikki yildan buyon tumanimiz ijodkorlarining kitoblari çop etilmoqda.
Faxriy jurnalist Allambergan Jumaniyozov ham öz sözida yoş ijodkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida gapirib ötdi.
Durunki mahalla fuqarolar yiğini profilaktika inspektori Jaqsiliq Ataniyazov mahallada osoyiştaligini saqlaş, yoşlar orasida huquqbuzarliklarning oldini oliş böyiça olib borilayotgan işlar haqida gapirib, barçani osoyiştalikni saqlaşda faol bölişga çaqirdi.
Mahalla hududida yaqinda iş boşlagan hokim yordamçisi Sarvarbek Komiljonov yoşlarning iqtisodiy ahvolini yaxşilaş borasidagi iş rejalari bilan barçani taniştirdi. Yiğilganlar özilarini qiziqtirgan savollarga tegişli javoblar oldilar.
Örozali Reimov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶