21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 14:09
Jamiyat 👁 236

UMMONDAN QATRA DUR

UMMONDAN QATRA DUR

Hazrat Alişer Navoiy özlari hayot paytidayoq zamondoşlari tomonidan, keyingi barça davrlarda ham faqat turkiy xalqlarning emas, butun ijodkor başariyatning fenemoni – alohida iqtidor egasi bölgan şaxs sifatida eʼtirof etilgan va örganib kelinmoqda.

Qança buyuklar özlariga buyuk ustoz, pir deb bilganlar, ğazallariga muxammaslar boğlaganlar, tatabbuʼ bitganlar. Qança-qança allomalar, mavlonolar ilmiy işlar olib borganlar, öz iqtidoriga yaraşa buyuk bobomizning ijod ummonidan dur terişga intilganlar. Ammo hamon bu sehrli ummon qaʼriga boqqani sayin uning teranligiga köz yetmasligidan hayratdalar, lazzatdalar...

Keling, ey zakiy yurtdoş, buyuk mutafakkir bobomiz tavalludining 581 yilligi butun dunyo taraqqiyparvar, maʼrifatparvar ahli tomonidan nişonlanayotgan şu kunlarda biz ham bu ummonning tabarruk suvidan bir hovuç içib, rohatlanaylik, bu beqiyos çaman boğning gulidan uza bilmasak (jurʼat etmasak), uning xuş iforidan dimoğimizni bir nafasgina bahramand etib çoğ bölaylik...

Zero elimizda Navoiy asarlarini öqib, uqadigan ilmli kişilar köp.

Navoiy ğazallari bilan aytiladigan qöşiqlarni sevib tinglovçilar, hatto özlari mohirlik bilan ijro qiluvçilar köp! (Qadimda ham madrasa talabalari Navoiyni öqişga (tuşunişga) kuçi yetadigan va kuçi yetmaydiganlarga toifalangan!).

Mana “oynai jahon”da hamyurtimiz Murodjon Ibrohimov ijrosida “Xorazm segohi” tölğanib, orolanib, jilolanib taralmoqda. Ilohiy bir sehr tomirlarga singib, yurakning qat-qatiga erib, eritib oqib kirayapti... Bu mahobatli kuy xalqimizning bebaho milliy boyligi bölgan “Xorazm maqomlari”da “Tani maqom” şöʼbasiga taalluqli. Sözi Alişer Navoiyning “Ğaroyib-us-siğar” (Bolalik ğaroyibotlari”)idan:

Xolu xating xayolidin,  ey sarvi guluzor,

Gahi közimga xol tuşubtur,  gahi ğubor...

Lirik qahramon — oşiq köziga xol tuşişi, ğubor inişi uçun qançalar hijron, naqadar azoblar çekdi-yu, qançalar köz yoş tökdi ekan?!

Xolu xat nima?

Özbekiston xalq rassomi Çingiz Ahmarovning “Yetti gözal” (Navoiy asarlariga işlagan) suratlarini eslang: ibo-hayo oğuşidagi gözal yor labi ustidagi bilinar-bilinmas sabza möy — ana şu xolu xat... Navoiy asarlaridagi köp sözlarining ikki yoki köp maʼnoliligini yodda tutaylik! Ana şu beqiyos malohat (gözallik) hajrida közga xol, ğubor tuşgan!

Yuzungda xol sahfada tomgan kibi qaro,

Xoling malohati tuz erurkim qaroda bor.

Şarikli ruçka çiqmasdan oldin dovotga siyoh solinardi. Navoiy zamonida ham şunday bölgan. Siyoh oq qoğozga bexosdan tomib ketsa, qurigaç, tomçi ustida tuz(zarra) lojuvard yarqirab tovlanadi. Endi lab ustidagi nozik xolning malohati — gözalligi, yoqimliligi şu qadarki. . .

Jonimni örtagan yuzu xolingni bilmasang,

Öt şuʼlasida ayla gumon bir öçuk şaror.

Agar mening jonimni örtagan xolingning holatidan bexabar bölsang, olov qörida yonib ado bölgan (öçgan) şaror - çöğni tasavvur qilgin... Mening jism-u jonim ham olov çöğida yonib-yonib qorayib öçgan çöğdek böldi-ku!

Kuy eşilib, tölğanib(A.Oripov)avjiga çiqib boradi, xolbuki bu aşulaning  birinçi avji emas. Katta avj, daromad hali oldinda! Hofizning manglayida ter yaltiraydi, böyin tomirlari börtib, jism-u joni bir bölib taranglaşadi! (Bu fonogramma emas, qöşiq aytayotib qilpanglab öynab tursa bölaveradigan!)

Bilmon köngilda xollaringning xayolidur,

Yo kipriging tikanlarin aylabsan ustuvor.

Qalbimdagi yara sening xolingning soğinçimi yo mujgonlaringdan qadalgan tikonlarmi bilmadim...

Har dam könglim haloku közum tiyra bölmoğin,

Bilgay birovki, yori erur şöxi xoldor.

Könglimning muttasil halok bölişi-yu köz oldim qoronğu bölişini faqat men kabi şöx, gözal bir xoldorga şaydo bölgan çin oşiqgina tuşunadi! Boşqa yengil-yelpi işq — havas egalari bunga qodir emas!

Ana endi hofizning fiğon-u nolalari bir qadar daromadiga qaytadi:

Maşşotai qazo bezamiş  xolu xattini

Beixtiyorliqda manga borm-u ixtiyor?

Taqdir pardozçisi(Alloh subhanohu taolo) Özi bezagaç, menda (uni seviş yo sevmaslikka) ixtiyor nima qilsin?!

Nihoyat tarang torlar sal maromiga qaytadi. Yorga iddao, zarda qilişdan foyda yöq (öziga insof bersin), miskin — ğarib Navoiyning surati holiga bir nazar solib qöysa kifoya, nigoroning xolu xati malohatini köriş uçun jonini fido aylayveradi:

Miskin Navoiy xolu xating körsa jon berur,

Boqsang ne böldi surati holiğa, ey nigor?!

Hofiz segohni tugallab, uforiga ötadi. Tinglovçilar sel bölib, aşula taʼsiridan çiqolmay,  hayrat bilan boş çayqab, muşohadaga beriladi. Birov-birovga tuşuntirib bera olmaydigan,  faqat har kim öz şuurida tuyadigan,  anglaş qiyin, şarhlaş qiyin laziz tuyğularga çulğanadi, ilohiy söz va ilohiy soz sanʼatiga oşufta qalblar...

Aziz suhbatdoşim, ketgan vaqtingizga rozi böling. Segoh kuyini xayolan idrok qilib,  yuqoridagi durdona ğazalni öqib, ajdodlarimiz dahosiga tahsin aytsangiz, bular mening ajdodlarim,  bular bizning abadiy barhayot xazina mulkimiz degan ğururni tuysangiz böldi,  muddao — şu. Biz ham qölimizdan kelgunça “bilar-bilmas” (Nazir qoriyning iborasi) Hazrat Navoiy ijodi ummonidan bittagina gavhar naqşini körmoqçi böldik. Donişmand aytgan ekan: “Daryoning hamma suvini içaman deyiş — ahmoqlik, daryoning böyida turib çanqab, uning suvidan bahramand bölmaslik — undan-da badtar!”

Navoiy dahosi insoniyatning maʼnaviy çanqoğini qondiriş uçun abadiy xizmat qilaveradi. Biz ham quruq qolmaylik! Nima dedingiz?!

Tursunboy ABDULLAYeV,

85-sonli maktabning ijodiy-madaniy

masalalar böyiça tarğibotçisi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026