MUHTOJ XOTIN-QIZLARNI UY-JOY BILAN TAʼMINLAŞ TARTIBI BELGILANDI
Bugungi kunda aholining kam taʼminlangan qatlami, ayniqsa, xotin-qizlarga katta eʼtibor qaratilmoqda. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi qarori bilan noturar joylarda istiqomat qilayotgan, şuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolğiz onasi, yolğiz otasi yoki boşqa şaxslar qaramoğida bölgan voyaga yetgan, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Qarorga köra, uy-joy şaroitini yaxşilaş istagida bölgan xotin-qizlar özini özi boşqariş organi yoki tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimiga sörovnoma-ariza bilan murojaat qiladi. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlaşga kömaklaşiş komissiyasi har çorakda xotin-qizlarning uy-joyga ehtiyojmandlik darajasini örganib çiqadi.
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar Komissiyaning tegişli qarori qabul qilingaç, köpi bilan 30 kundan oşmagan muddat içida ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida vaqtinçalik joylaştiriladi.
Bunda uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka krediti böyiça uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida boşlanğiç badal tölab beriladi. Tuman hokimligi Komissiya qarori qabul qilingandan söng, 20 kun içida ijtimoiy uy-joyga joylaştiriladigan xotin-qizlar bilan eng köpi 5-yil muddatga ijara şartnomasini tuzadi. Ijara şartnomasi tuzilgandan keyin 5 kun içida ijtimoiy uy-joyni topşiriş – qabul qiliş dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma tuzilgaç, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar 5 kun içida ijtimoiy uy-joyga joylaştiriladi.
Ijtimoiy uy-joylar munitsipal mulk huquqi asosida tuman hokimligiga tegişli böladi va ular böyiça alohida hisob yuritiladi.
Nogironligi bölgan şaxslar, keksa yoşdagi va özi harakatlana olmaydigan şaxslar köp kvartirali uylarning birinçi qavatidagi ijtimoiy uy-joylarga joylaştiriladi. Ijtimoiy uy-joydan foydalanganlik uçun ijara haqi uy-joy umumiy maydonidan kelib çiqib belgilanadi. Ijara şartnomasida belgilangan talablarga rioya etilişi yuzasidan har oyda bir marotaba monitoring olib boriladi.
Davron Pirmanov, “Madad” NNT tuman HMB boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶