21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 13:52
Jamiyat 👁 403

Hamkorlik – yaxşi natijalar omili

Hamkorlik – yaxşi natijalar omili

Joriy yilning 5-fevral kuni 56-sonli maktab huzurida faoliyat körsatayotgan “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi jamoat Kengaşining kengaytirilgan yiğilişi ötkazilib, unda jamoat Kengaşi aʼzolari va Manğit şahrida joylaşgan bir  qator taʼlim muassasalari vakillari iştirok etdilar.

Uşbu yiğilişda bugungi kunda dolzarb bölgan – “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi mexanizmini yanada takomillaştiriş masalasi muhokama etildi.

Yiğilişda maktab direktori, jamoat Kengaşi raisi A.Xudayberganova kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.

Muzokaralarda jamoat Kengaşi  aʼzosi, Durunki mahalla fuqarolar yiğini raisining oila, xotin-qizlar, ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari G.Mingboyeva, jamoat Kengaşi aʼzosi, maktabning ota-onalar qömitasi raisi G.Salayeva, jamoat Kengaşi aʼzosi, ota-onalar vakili O.Qayupova, 1-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari G.Madrahimova, jamoat Kengaşi aʼzosi, şifokor M.Husainova, jamoat Kengaşi aʼzosi, maktab psixologi D.Yöldoşev, 8-sonli maktabgaça taʼlim muassasasi xodimi M.Allamberganova va jamoat Kengaşi aʼzosi, sinf rahbari S.Yusupovalar iştirok etdilar.

* * *

Biz yiğiliş iştirokçilari bilan suhbatda bölib, ularga muhokama etilgan masala yuzasidan qator savollar bilan murojaat etdik. Quyida ana şu savol-javoblar mazmuni bilan tanişasiz.

Muxbir: - Siz bugun qöşni maktab vakili sifatida 56-sonli maktabda “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi mexanizmini yanada takomillaştiriş masalasiga bağişlab ötkazilgan yiğilişda iştirok etdingiz. Uşbu yiğiliş haqida va maktab jamoasining taşabbuskorlik harakatlari töğrisida qanday fikr bildirasiz?

Guliston MadraHimova, 1-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari:

- Töğrisini aytişim kerak, biz ötgan öquv yili yakuniga köra umumtaʼlim maktablarida variativ öquv rejalar asosida taşkil etilgan sinflar öquvçilarining oliy öquv yurtlariga qabul qilinişi borasidagi natijalarga köra 56-sonli maktabning Qoraqalpoğiston Respublikasida birinçi örinni egallaganini eşitib, maktab jamoasining taşabbuskorligiga, ahilligiga va işçanligiga qoyil qolganmiz.

Taʼlim sohasi xodimlari şuni yaxşi bilişadiki, oila, mahalla va maktab hamkorligini taşkil etiş oson iş emas. Buning uçun haqiqiy maʼnodagi jonkuyarlik va fidoyilik talab etiladi. Mana şunday maşaqqatli, ammo xayrli iş boşida taşabbuskor sifatida yana şu maktab jamoasini körayotganimizdan xursandmiz.

Bu maktabda oila, mahalla va maktab hamkorligi jamoat Kengaşi tarkibini şakllantirişda aʼzolarning işçanligi va taşabbuskorligiga alohida eʼtibor berilgan. Şu boisdan ham yiğilişda sözga çiqqan jamoat Kengaşi aʼzolarining sözlaridan, takliflaridan ularning yoşlar taʼlim-tarbiyasi uçun haqiqiy jonkuyar insonlar ekanligi yaqqol körinib turibdi.

Biz bu yiğilişda jamoat kengaşi raisi Arzigul Xudayberganovaning “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi mexanizmini yanada takomillaştiriş töğrisidagi maʼruzasini eşitdik. Maʼruza maqsadi jamoat Kengaşi aʼzolariga hamkorlik mexanizmi haqida kengroq tuşunçalar berişdan iborat ekan.

Men 56-sonli maktabda ötkazilgan bugungi yiğilişga Manğit şahrida joylaşgan bir qator taʼlim muassasalari vakillarining ham taklif etilgani yaxşi iş böldi, deb hisoblayman.

Boisi biz bu yiğilişda iştirok etib, oila, mahalla va maktab hamkorligida amalga oşiriladigan işlar yuzasidan kengroq tuşunçaga ega böldik.

Men maʼnaviy-maʼrifiy işlar bilan şuğullanuvçi pedagog sifatida 56-sonli maktab jamoat Kengaşi aʼzolarining “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligini yanada takomillaştiriş borasidagi taşabbuslarini maʼqullayman va tuman hududidagi biri-biriga yaqin joylaşgan maktablar jamoalari örtasida özaro tajriba almaşiş anʼanasini davom ettirişimiz lozim, deb hisoblayman.

Muxbir: - Jamoat Kengaşi aʼzolari örtasidagi iş taqsimotida Sizga mahalla aholisi örtasida ajdodlarimiz qadriyatlariga tayangan holda oila muqaddasligini, butunligini saqlaş, farzandlarni vatanparvar, insonparvar, yuksak eʼtiqodli, odob-axloqli va albatta, barkamol etib tarbiyalaş böyiça suhbatlar ötkazib boriş vazifasi belgilangan. Siz bu vazifani qanday amalga oşirmoqçisiz?

Omongul Qayupova,  mehnat faxriysi, jamoat Kengaşi aʼzosi:

– Biz mahalla nuroniylarimiz. Mahalladagi har bir töy-maʼraka va şunga öxşaş yiğinlar, albatta, keksa otaxonlar-u onaxonlar iştirokida ötadi. Biz şunday marosimlarda befoyda gurunglar mavzusini oilalar ahilligiga, farzandlar tarbiyasiga bursak, buning nimasi yomon? Bunday suhbatlar paytida, albatta, mahalladagi tinç-totuv yaşayotgan namunali oilalar, şunday oilalarning “odobli”, “aʼloçi” va “eng yaxşi kitobxon” nomlarini olayotgan farzandlari haqida gapirilsa, nur ustiga aʼlo nur böladi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev rahbarligida yoşlar taʼlim-tarbiyasiga qaratilayotgan eʼtibor barça qatori biz – nuroniylarning ham quvonçimizga quvonç qöşayapti. Şu boisdan ham men nuroniy sifatida mahalladoşlarimiz örtasida, ayniqsa, yoş oilalar örtasida farzandlar tarbiyasi töğrisida keng miqyosda tuşuntiriş işlarini olib borişni niyat qilganman.

Yaratganga şukurlar bölsin, ayni kunda mahallamizda biri-biridan odobli, tartib-intizomli, dars qoldirmaydigan öquvçi-yoşlar safi tobora kengayib borayapti. Biz – mahallamiz nuroniylari bunga yanada köproq hissa qöşişga harakat qilamiz.

Muxbir: - Siz yiğilişda sözga çiqqaningizda öquvçi-qizlarning soğligini muntazam nazorat qilib boriş, ularni oilaviy hayotga tayyorlaş, oila byudjetini şakllantiriş böyiça bilimlarini oşiriş maqsadida “Qizlar maslahatxonasi”, “Orasta qizlar” va şunga öxşaş tögaraklarni taşkil etiş taklifini bildirdingiz.

Aytingçi, bu işga özingiz qanday hissa qöşa olasiz?

Gavhar Mingboyeva, Durunki MFY raisining oila, xotin-qizlar, ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari, jamoat Kengaşi aʼzosi:

– Fuqarolar yiğinida oila, xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar böyiça şuğullanadigan xodim sifatida men mahallamizda voyaga yetayotgan qizlarning yaxşi taʼlim-tarbiya olişlari bilan birgalikda ularning soğlom bölişlari va oilaviy hayotga ham barvaqt tayyorlanişlari tarafdoriman. 14-15 yoşdagi qizlarimiz tikuvçilik, pazandalik va şunga öxşaş oilaviy işlar sirlaridan xabardor bölişsa, oilaviy işlarda öz ona yoki opalariga qöl-qanot bölişsa, ularning kelajagi, albatta, yaxşi böladi. Şularni nazarda tutgan holda men mahallamizda “Qizlar maslahatxonasi”, “Orasta qizlar” kabi tögaraklarni taşkil etiş taklifini bildirganman.

Jamoat Kengaşi aʼzolari örtasidagi iş taqsimotida ham menga şunga öxşaş vazifa – öquvçi-qizlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularni kasb-korlarga örgatiş maqsadida mahallada tögaraklar taşkil etişga yordamlaşiş vazifasi topşirilgan.

Men mahallamizda qizlar salomatligini nazorat qilib boriş, ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, kasb-hunarga örgatiş, oilaviy hayotga tayyorlaş borasidagi işlarni amalga oşiriş yölida barça imkoniyatlarim va kuç-ğayratimni ayamayman.

Muxbir: - Maktab huzurida taşkil etilgan “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi  jamoat Kengaşi aʼzolari örtasidagi iş taqsimotiga köra Sizga ota-onalar qömitasining jamoat Kengaşi bilan hamkorligini mustahkamlaş orqali öquvçilar davomatini va ularning tartib-intizomini yaxşilaş vazifasi yuklatilgan. Bu boradagi öz rejalaringiz qanday?

Gulnazira Salayeva, maktabning ota-onalar qömitasi raisi, jamoat Kengaşi aʼzosi:

– Men bir neça yillardan buyon maktabning ota-onalar qömitasiga raislik qilib kelaman. Biz – qömita aʼzolari birgalikda ota-onalar bilan işlaşişni yaxşi yölga qöyişga erişganmiz. Şu boisdan ham bizning ota-onalar bilan uçraşuvlarimiz, u yoki bu muammolarni birgalikda hal qiliş borasidagi harakatlarimiz yaxşi samara berayapti.

Biz qömita yiğilişlarida maktab rahbariyati tomonidan öquvçilar davomati va boşqa masalalar yuzasidan berilgan maʼlumotlarni tahlil qilib, mavjud muammolarni öz vaqtida bartaraf etişning çora-larini körayapmiz.

Şuni oçiq aytişim kerak, ayrim ota-onalarimiz öz farzandlarining faqat tartib-intizomli bölib yurişlari bilan faxrlanişadi. Ammo bunday oilalarda farzandning qanday taʼlim olayotgani bilan heç kim qiziqmaydi.

Şu sababdan ham men jamoat Kengaşi va ota-onalar qömitasi hamkorligida mahalladagi ota-onalar örtasida har bir ota-ona öz farzandining dars tayyorlaşlari, kitob öqişlari bilan qiziqişlari, ularga bu borada kerakligiça yordam berişlari zarurligi yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borilişi kerak deb hisoblayman.

“Hamkorlik yaxşi natijalarga yetaklaydi” deyişadi. Şu boisdan ham biz maktabimiz huzurida faoliyat körsatayotgan “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi jamoat kengaşi bilan hamkorlik qiliş rejalarini tuzayapmiz.

Men şuni işonç bilan ayta olamanki, biz – ota-onalar qömitasi aʼzolari ham, mahallamiz faollari ham farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasini yanada yaxşilaş maqsadida faoliyat körsatayotgan jamoat Kengaşi bilan hamkorlik qilişga hamişa tayyormiz.

Muxbir: - Siz psixolog sifatida maktab huzurida taşkil etilgan “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi jamoat Kengaşining bugungi yiğilişiga qanday baho berasiz va jamoat kengaşining faoliyatini yanada jonlantirişga qanday hissa qöşasiz?


Doniyor Yöldoşev, psixolog, jamoat Kengaşi aʼzosi:

- Bugungi kunda maktabimizda taʼlim-tarbiya olayotgan yoşlar ertaga bizning qölimizdan işimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, özidan keyingi avlodga yetkazuvçi vorislar ekanligi ayni haqiqatdir.
Şunday ekan, yoş avlod tarbiyasi bilan şuğullanadigan özaro çanbarças boğliq uç omil – oila, mahalla va taʼlim muassasasi hamkorligi muhim ahamiyatga egadir.
Bunday tarbiya tizimi asosida yurtimizda amalga oşirilayotgan işlar samaradorligini bugungi kunda butun dunyo hamjamiyati eʼtirof etmoqda.
Biz tarbiya – tub mohiyati bilan jamiyat kölamida amalga oşiriladigan iş ekanligini yaxşi bilamiz. Har bir bolaga munosabat ota-onaning ham, öqituvçining ham, jamoatçilikning ham millatga, Vatanga bölgan munosabatini aks ettiradi. Demak, tarbiyani faqat oilaga, taʼlim muassasasiga taşlab qöymay, butun jamoatçilik hamkorligida iş yuritilsagina ösib kelayotgan yoş avlod barkamol, har tomonlama yetuk bölib voyaga yetişadi.
Öylaymanki, bugungi yiğilişimiz ham tarbiyaviy  işlar samaradorligini oşiriş böyiça oldimizda turgan vazifalar va muammolarning yeçimiga oqilona yondaşuv bölib, barçamizni bir maqsad yölida birlaştiradi hamda “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi jamoat Kengaşi faoliyatini kuçaytirib, özaro hamkorlikni yanada mustahkamlaşda özining ijobiy samarasini beradi.
Jamoat Kengaşi aʼzolari örtasidagi iş taqsimotida menga 7-, 8-, 9-, 10- va 11-sinflar öquvçilari örtasida ularning qaysi kasbga qiziqişlarini örganiş yuzasidan suhbatlar va sörovnomalar ötkazib boriş hamda maktab öquvçilarining Manğit şahrida joylaşgan harbiy qism xizmatçilari bilan uçraşuvlarni taşkil etiş vazifasi topşirilgan. Men uşbu vazifalarni albatta bajarişga harakat qilaman.

Muxbir: - Siz bugungi yiğilişga 56-sonli maktabga qöşni muassasa – 8-sonli maktabgaça taʼlim muassasasi xodimi sifatida taklif etilgansiz.

Aytingçi, şu maktab huzurida taşkil etilgan jamoat kengaşi Sizning muassasangiz bilan hamkorlik qilişi mumkinmi?

Mavluda Allamberganova, Durunki mahallasida joylaşgan 8-sonli maktabgaça taʼlim muassasasi yordamçi tarbiyaçisi:

- Hozirgi kunda bizning muassasamizda jami 209 nafar bolajonlar tarbiyalanayotgan bölib, ulardan 60 nafari kelgusi öquv yilida 1-sinfga boradigan bolalar hisoblanadi. Biz bolalarni maktabga tayyorlaş jarayonida albatta yonimizda faoliyat körsatayotan maktab öqituvçilari tajribalaridan foydalanamiz.
Men bugun maktab huzurida faoliyat körsatayotgan “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi jamoat Kengaşi faoliyati bilan tanişib, uning öquvçilar taʼlim-tarbiyasini nazorat qilişda muhim ahamiyatga ega ekanligini qalban his qildim. Öylaymanki, agar biz uşbu jamoat Kengaşi bilan hamkorlik qilsak, muassasamizga bolalar qamrovini amalga oşirişda heç qanday muammo bölmaydi.

Men ertaga bizning bolajonlarimizni öz bağriga oladigan 56-sonli maktab jamoasining va şu maktab huzurida faoliyat körsatayotgan jamoat Kengaşining işlarida muvaffaqiyatlar tilayman.

Muxbir: – Suhbatimizda iştirok etganingiz uçun rahmat, salomat böling.

 

Suhbatdoş: jurnalist Allambergan Jumaniyozov.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026