DAVLAT XIZMATLARI KÖRSATIŞ INFRATUZILMASINI TAKOMILLAŞTIRIŞGA ALOHIDA EʼTIBOR QARATILMOQDA
Sönggi yillarda mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari körsatiş tizimi bosqiçma-bosqiç isloh qilinib, qulay investitsiyaviy va işbilarmonlik muhitini yaratiş, davlat xizmatlari körsatiş sifatini tubdan yaxşilaş borasida tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyul sanasida imzolagan “Davlat xizmatlari körsatiş infratuzulmasini takomillaştiriş va aholining davlat xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bu boradagi işlarni yangi bosqiçga kötarişga xizmat qiladi. Uşbu hujjat aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş böyiça işlarni jadallaştiriş, davlat xizmatlari sifatli körsatilişini taʼminlaş, turli toifadagi davlat xizmatlari körsatiş tizimini raqamlaştiriş jarayonlarini uyğunlaştiriş kabi maqsadlarga yönaltirilgan.
Mazkur hujjat bilan 2021-yil 1-noyabrdan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida röyxatga olingan şaxslarga, şuningdek, I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini körsatişda qonunçilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yiğimlar va boşqa har qanday tölovlar böyiça 50 foiz miqdorida çegirma qöllanilişi belgilangan.
Şu bilan birga davlat xizmatlari markazlari, «Litsenziya» axborot tizimi hamda YaIDXP orqali körsatilayotgan davlat xizmatlari qonunçilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uç iş kunidan ortiq vaqtga keçiktirilganda, ariza beruvçilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalaniş uçun tölangan davlat bojlari, yiğimlar va boşqa har qanday tölovlarning 50 foizi ularga bir iş kunida qaytarilişi körsatilgan.
Bunda ariza beruvçiga tölovlar Davlat xizmatlari agentligining byudjetdan taşqari jamğarmasi mablağlari hisobidan qaytarilişi va Davlat xizmatlari agentligi tomonidan davlat xizmatini körsatiş muddatini keçiktirgan davlat organi va taşkilotining byudjetdan taşqari va boşqa mablağlari hisobidan sözsiz tartibda undirib olinişi belgilangan.
Şuningdek, 2022 yil 1 yanvardan qator davlat xizmatlarini körsatişda undiriladigan davlat bojlari, yiğimlar va boşqa tölovlar miqdorlari kamaytirilişi körsatilgan.
Mansur Sadikov, Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi direktori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶