QAROR MAZMUN-MOHIYaTINI TARĞIB ETIŞGA BAĞIŞLANGAN DAVRA SUHBATI BÖLIB ÖTDI
Mamlakatimizda barça sohalarda bölgani kabi sud-huquq tizimida ham islohotlar olib borilib, sud tizimini demokratlaştiriş, sudlar faoliyatining şaffofligini taʼminlaş, aholi bilan muloqotni kengaytiriş va odil sudlovni amalga oşirişda jamoatçilik rolini kuçaytirişga ulkan eʼtibor qaratilmoqda.
Şuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining buzilgan huquqlarini himoya qilişda sudlarning ayniqsa, maʼmuriy sudlarning rolini kuçaytirişga, ularni fuqarolarning va tadbirkorlarning haqiqiy himoyaçisiga aylantirişga harakat qilinayapti.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining şu yil 29-yanvar kuni qabul qilgan “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari huquqlarining samarali himoya etilişini taʼminlaş hamda aholining sudlarga bölgan işonçini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qarori bu boradagi işlarni yangi bosqiçga kötarişga asos böladi.
Yaqinda Amudaryo tumani hokimligi majlislar zalida uşbu qaror mazmun-mohiyatini örganişga bağişlangan davra suhbati ötkazildi.
Tuman Adliya bölimi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Maʼmuriy sudi sudyasi Rahima Xudoyberganovalar hamkorligida taşkillaştirilgan davra suhbatida tuman hokimligi masʼullari, siyosiy partiyalar tuman Kengaşlari raislari, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari va tumandagi korxona, muassasalar rahbarlari iştirok etdilar.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Maʼmuriy sudi sudsi Rahima Xudoyberganova kun tartibida mavzu yuzasidan maʼruza qildi. U öz sözida keyingi yillarda sud-huquq sohasidagi islohotlar, xususan, u insonlarni jazolovçi emas, amalda qonuniy haq-huquqlarini himoya qiluvçi suyançiğiga aylanayotganini taʼkidladi. “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari huquqlarining samarali himoya etilişini taʼminlaş hamda aholining sudlarga bölgan işonçini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining buzilgan huquqlarini himoya qilişda sudlarning, ayniqsa maʼmuriy sudlarning rolini kuçaytiriş, ularni fuqarolar va tadbirkorlarning haqiqiy himoyaçisiga aylantiriş lozimligi vazifa qilib belgilanganligiga keng töxtaldi.
Buning uçun maʼuriy sud işlarini yuritişni “sudning faol iştiroki” tamoyili asosida amalga oşiriş, bunda maʼmuriy sudlarga işning haqiqiy holatlarini aniqlaş uçun öz taşabbusi bilan dalillarni yiğiş majburiyatini yuklaş, huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik subʼektiga dalillarni yiğişda faqat öz imkoniyati doirasida iştirok etişga şaroit yaratiş ham nazarda tutilganligi keng tuşuntirildi.
Davra suhbatida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollar bilan maʼruzaçiga murojaat etib, batafsil javoblar oldilar, Oçiq muloqot ruhida ötgan tadbir iştirokçilarning huquqiy bilimlarini oşirişga xizmat qilgani bilan ahamiyatli böldi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶