Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda saqlab, tarqatgan şaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi
Şu yilning 11-yanvarida Jinoyat işlari böyiça tuman sudida baloğat yoşiga yetib, hayotda özlari uçun reja-orzular tuzib, orzulari yölida öqib-intiladigan, mehnat qiladigan yoşga yetib qolsa-da, hali biron işning boşini tutmagan, foydali mehnat bilan şuğullanmagan ikki yigit qarşisiga töplangan jinoiy iş muhokama etildi. Ular – tengdoş, Olimjon va Ozod (ismlar özgartirildi)ning taqdiri ham öxşaş, örta maxsus maʼlumotga ega bölsalar-da heç qayerda işlamaydi.
Bekorçilikdan bemaʼniliklar kelib çiqadi, degan ibora ham xuddi ikkoviga qarata aytilganday. Ular qonunga xilof ravişda saqlaş va tarqatiş taʼqiqlangan diniy mazmundagi materiallarni qöl telefoniga yuklab olib, mohiyatiga özlari ham tuşunmagan holda bir-biriga jönatib turişgan.
2021-yil 10-dekabr kuni tuman Içki işlar bölimi TEQKG xodimlari tomonidan huquqbuzar Olimjon bilan ötkazilgan tezkor-profilaktik tadbirda uning qöl telefonida 133 ta video körinişdagi, 55 ta surat körinişdagi, 6 ta audio körinişdagi diniy materiallar borligi aniqlandi. Bu materiallarni u Ozodning qöl telefoniga ham “Telegram” ilovasi orqali taşlaganligi, Ozod ham Olimjonga 4 ta audio va 1 ta video körinişdagi diniy mazmundagi materiallarni jönatganligi aniqlandi.
Bu harakatlari bilan ular Özbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi Qonuni 19-moddasi, 1-bandi yaʼni, “Diniy taşkilotlarning markaziy boşqaruv organlari diniy maqsadlari möljallangan buyumlar, diniy adabiyotlar va diniy hujjatlarida belgilangan tartibda işlab çiqarişga, eksport hamda import qilişga hamda tarqatişga haqlidir” hamda 3-bandi “Diniy taşkilotlarning markaziy boşqaruv organlari tegişli litsenziya olgandan söng diniy ibodat buyumlarini işlab çiqariş va tarqatiş huquqiga faqat ular ega böladilar” deb körsatilgan talablarni bilmasdan buzgan.
Özlari bilmagan holda huquqbuzarlik sodir etgan Olimjon va Ozodga bu borada profilaktik tuşuntiriş olib borildi va maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning tegişli moddalariga muvofiq jarima jazosi qöllanildi.
Otabek Bekçanov, tuman IIB Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş guruhi katta tezkor vakili, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶