Mustaqil yurt farzandiman
Erkin va obod yurtda, tinç va xotirjam hayot keçiriş, gözal va betakror ölkaning beğubor bağrida baxtli yaşaş inson könglini töldirib, ijodga zavqini oşirib, xalqning obod turmuşini, yurtning gözal jamolini ğurur va iftixor bilan qalamga olişga undaydi.
Yurtimiz mustaqillikka erişganiga 23-yil töldi.
Bu kunlarga erişiş yölida xalqimiz qançadan-qança qiyinçiliklarni, maşaqqat-u uqubatlarni boşidan ötkazdi.
Mana bugun ana şu qiyinçiliklar ortda qolib, mamlakat obodonlaşib, xalq turmuşi kundan-kun yaxşilanib bormoqda.
Oilalari mustahkam, farzandlari soğlom, yoşlari bilimdon, ilmga çanqoq. Har işda ilğor bunday yurt ertasi albatta buyuk böladi.
Yurtimiz körkiga-körk, husniga-husn qöşib köçalarni bezab, savlat tökib turgan yangi zamonaviy turar joylar, baland-baland binolar, yangi qulayliklarga ega öquv joylari kişini quvontirib, bağri dilini yayratadi. Keng va ravon yöllarni, köçalarni töldirib harakatlanayotgan maşinalar xalqimiz turmuşi havas qilgudek ekanidan darak beradi.
Yurti obod, turmuşi farovon xalq uçun bundan ortiq baxt, bundan ortiq boylik bölmasa kerak.
Men ana şunday Vatanda dunyoga kelganimdan faxrlanaman.
Yulduz Yusupova,
Melioratsiya va suv xöjaligi kasb-hunar kolleji öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶