BIOLOGIYa FANLARI FALSAFA DOKTORI ÖZI ÖQIGAN MAKTABDA “MAHORAT DARSI” ÖTDI
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan umumiy örta taʼlim muassasalarida taʼlim – tarbiya olib, öz orzulari yölida olğa intilib, izlanib, ilm-fan rivojiga hissa qöşayotganlar talaygina. Manğit şahrida tuğilib voyaga yetgan Anvar Şerimbetov şularning biri. U 40-sonli maktabni tamomlab Toşkent Davlat Agrar universiteti Nukus filialiga öqişga kirdi. 2004-yilda uşbu oliygohning bakalavriat bosqiçini tamomlab, Manğit şahridagi 38-sonli maktabda öqituvçilik faoliyatini boşladi. Öz sohasini çuqur egallaş maqsadida magistratura bosqiçida öqişini davom ettirdi.
Toşkent Davlat Agrar universitetining magistratura bosqiçida öqişi jarayonida Anvarda öz ixtisosligi böyiça çuqur bilim oliş, ilmiy izlanişlar olib borib, yangiliklar yaratiş iştiyoqi uyğondi. Şu niyatda u magistraturani tamomlab, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi instituti aspiranturasini ham tugatib, 2012-2016-yillarda institutda kiçik ilmiy xodim bölib faoliyat yuritdi va dessertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2016-yildan hozirga qadar esa Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi institutida ilmiy obʼekt kollektsiyasi rahbari lavozimida işlab kelmoqda. Ötgan yillar davomida olib borgan ilmiy izlanişlari natijasida dotsent ilmiy unvonini oldi, biologiya fanlari falsafa doktori böldi.
Manğitning ana şunday iqtidorli öğloni yaqinda tumanimizga taşrif buyurdi. Taşrifi çoğida özining doimiy odatiga köra taʼlim olgan 40-sonli maktabiga ham bordi. Bu yerdagi taʼlim – tarbiya jarayoni, xususan biologiya fanining öqitilişi ahvoli bilan qiziqdi.
Maʼlumki, biologiya fanini yaxşi örganiş öquvçiga borliqni anglaşga, özini anglaşga, atrofini qurşagan ösimliklar dunyosini anglaşga yordam beradi va tabiatga oqilona munosabatda böliş hissini tarbiyalaydi. Yoş olim şuning uçun özi öqigan maktab öquvçilariga biologiya fanidan “Mahorat darsi” ötdi va yoşlarni qiziqtirgan barça savollarga batafsil javoblar berdi. Albatta, nufuzli olim bilan bölgan dars öquvçilarga ulkan motivatsiyalar berdi.
Ikkinçi dars – Manğit şahrida faoliyat yuritayotgan umumiy örta taʼlim maktablarining biologiya fani öqituvçilari uçun “Mahorat darsi” böldi. Ötkazilgan dars, biologiya fani sohasidagi yangiliklar, fanni öquvçilarga öqitişda qöşimça tariqasida foydalaniş mumkin bölgan maʼlumotlar öqituvçilar uçun ham juda qiziqarli böldi.Ular yoş olimning kasallangan qişloq xöjaligi ekinlariga taşhis qöyiş, ösimliklarda kasallik keltirib çiqaruvçi mikroorganizmlar turlari tarkibini aniqlaş, ularning tuzilişini, xususiyatlarini örganiş, kollektsiyada saqlaş va ularni optimizatsiya qiliş yönalişida olib borayotgan işlari haqida ham qöşimça maʼlumotlarga ega böldilar. Hindiston, Isroil, Rossiya kabi davlatlarda malaka oşirib, olimlari bilan mustahkam ijodiy hamkorlik örnatgan manğitlik olim bilan suhbat öquvçilarda ham, öqituvçilarda ham ulkan taassurotlar qoldirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶