BIR AYoL HAYoTIDAGI KÖP YILLIK MUAMMOLAR IJOBIY HAL ETILDI
Prezidentimizning tegişli Farmoniga köra mamlakatimizning şahar-tumanlarida Adliya bölimlari taşkil etilib, faoliyatini boşlagani xalqimizning orzulari röyobi böldi desak, adaşmagan bölamiz. Çunki ötgan davr mobnaynida bölimlar aholining oğirini yengil qilib, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining sözsiz himoya qilinişini taʼminlab kelmoqda.
Şuningdek, adliya bölimlari tomonidan davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarida qonuniylikni taʼminlaş va amaldagi qonunçilik talablariga rioya qilinişi doimiy ravişda örganilib, tahlil qilinmoqda, natijasi böyiça takliflar, taʼsir çoralari körilmoqda. Yangi qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlar yuzasidan tarğibot tadbirlari ötkaziş orqali aholining huquqiy ongi va madaniyati yuksalişiga hissa qöşmoqda, jamiyatimizda, davlatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning samaradorligiga erişişga harakat qilinmoqda.
Amudaryo tumani Adliya bölimida ham fuqarolar huquqlarini himoya qiliş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşirişga, öz vakolati doirasida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini körib çiqişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Muammolar öz vaqtida hal etilayotganligini aholi haqli eʼtirof etmoqda, bu bölim nufuzi oşişiga xizmat qilmoqda.
Yaqinda tumanimizning Kuyuk köpir ovulida istiqomat qiluvçi fuqaro Umid Galiyeva fuqarolik pasporti yöqligi sababli nogironligi bölsa-da, nogironlik nafaqasiga çiqa olmayotganini, mazkur masalada yordam berişini sörab bölimga murojaat qilgan edi. Tuman Adliya bölimi uşbu murojaatni ijobiy hal qiliş uçun tuman Içki işlar bölimining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmasini jalb qilib, hamkorlikda Galiyeva Umid Tadjibayevnaga şaxsini tasdiqlovçi ID karta olişga yordam berdi. Bu bilan uşbu fuqaroning 19 yillik şaxsini tasdiqlovçi hujjat oliş uçun bölgan sarsonligiga çek qöyildi.
Bölim masʼullari bu bilan çeklanmadi. Çunki uşbu fuqaroning nogironligi bölsa-da, şaxsini tasdiqlovçi hujjati yöqligi sabab nogironlik nafaqasiga çiqiş masalasi bir neça yildan beri hal etilmay kelayotganini inobatga olib, fuqaro 2-sonli Amudaryo tumanlararo Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga tibbiy körikka olib borildi. Qisqa muddatda Umid Galiyevaga 2-sonli Amudaryo tumanlararo Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining 2022-yil 11-fevraldagi xulosasi bilan 2-guruh nogironligi tayinlandi.
Bundan taşqari murojaatni örganiş davomida Umid Galiyeva şaxsini tasdiqlovçi hujjati bölmaganligi sababli turmuş örtoği bilan qonuniy nikohdan öta olmaganligi, katta farzandining tuğiliş guvohnomasini esa “yolğiz ona” maqomi bilan olişga majbur bölganligi aniqlandi.
Tuman Adliya bölimining aralaşuvi bilan fuqaroning bu muammolari ham qisqa fursatda hal etildi. Yaʼni Umid Galiyeva va turmuş örtoği Qalbay Nuraddinov belgilangan tartibda tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimida qonuniy nikohdan ötişdi va ularning katta farzandi Nuraddinova Nursulu Qalbay qizining tuğilganlik haqidagi guvohnomasining “otasi” grafasidagi kamçiliklar töğrilanib, unga Nuraddinov Qalbay Saʼdullayeviçning otaligi belgilandi.
Fuqaro Umid Galiyevaning murojaatiga kompleks yondoşilib, murojaati töliq qanoatlantirildi.
Bölim faoliyatida buningdek misollar juda köp. Yurtdoşlarimizni yillar mobaynida qiynab kelayotgan huquqiy muammolar Adliya bölimi xodimlari tomonidan ijobiy hal qilinmoqda.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶