SUDLARDA IJRO HUJJATLARINI YuRITIŞGA DOIR MASALALAR YuZASIDAN SEMINAR ÖTKAZILDI
Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi tomonidan Majburiy ijro byurosi tuman bölimi binosida seminar taşkil etildi.
23-fevral kuni Majburiy ijro byurosi tuman bölimi masʼullari, davlat ijroçilari iştirokida ötkazilgan uşbu seminarda fuqarolik işlari böyiça Respublika sudlariga qaytarilgan ijro hujjatlari yuzasidan ötkazilgan umumlaştiriş natijalari muhokama etildi va unga köra, amalga oşirilişi lozim bölgan muhim vazifalar xususida söz yuritildi.
Seminar davomida Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Özbeksiton Respublikasining 2001-yilgi “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisidagi Qonunining 8-, 24-moddalariga asosan fuqarolik işlari böyiça Respublika sudlariga qaytarilgan ijro hujjatlari yuzasidan umumlaştiriş ötkazilgani, şunga köra tegişli vazifalar belgilab berilgani töğrisida maʼlumot berib ötildi. Undan taşqari, Özbekiston Respublikasi Oliy sud Rayosatining 2018-yil 20-iyuldagi tegişli qarorida sud qarorlari ijrosini qatʼiy taʼminlaş böyiça zarur çora-tadbirlar belgilangani, şunga qaramasdan sud qarorlarining ijrosi talab darajasida emasligi va bu holat fuqarolar örtasida noroziliklar keltirib çiqarayotganligi raqam va misollar bilan körsatib berilgani aytib ötildi.
“E-XSUD” axborot tizimidan olingan maʼulmotlarga qaraganda Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi tomonidan 2021-yilning 1-yanvaridan 16-dekabriga qadar tuman Majburiy ijro byurosiga yuborilgan ijro hujjatlarining 60 foizdan köpi ijro qilingan. Qonunning 8-, 24-moddalariga asosan 20 foizi qaytarilgan. Şuningdek, 20 foiz ijro hujjatlari qoldiqda qoldirilgan.

Şunga köra, endilikda ijro hujjatlarini yuborişga masʼul sud organi va Byuro xodimlari iş yuritişda “E-XSUD” tizimi va “MIB Portal” dasturi orqali maʼlumotlar almaşinuvini yanada takomillaştirişi, hamkorlikni mustahkamlaş, xato-kamçiliklarni bartaraf qilib borişi lozimligi taʼkidlandi. Şuningdek, “E-XSUD” tizimi va “MIB Portal” dasturi örtasidagi maʼlumotlar almaşinuvidagi kamçiliklar muhokama etilib, Majburiy ijro byurosiga ijro hujjatlarining asossiz qaytarilişi yuzasidan munosabat bildirildi.
Seminarda umumlaştiriş natijalari keng muhokama etilib, kelgusida unda qayd etilgan holatlarga yöl qöymaslik, sud hujjatlarining ijrosini qonuniy muddatlarda töliq taʼminlaş, fuqarolarning sudga bölgan işonçini mustahkamlaş va ularning manfaatlarini kafolatli himoya qiliş borasida qatʼiy çoralar belgilab olindi. Şuningdek, Byuro zimmasiga asossiz qaytarilgan ijro hujjatlari yuzasidan aybdorlarga nisbatan intizomiy jazo çorasini qöllaş majburiyati yuklatildi. Şu bilan birga davlat ijroçilari tomonidan Qonunning 8-, 24-moddasi bilan sudga asossiz qaytarilgan har bir ijro hujjatlari böyiça sud masʼullari Byuroga tegişli tartibda huquqiy munosabat bildirişi kerakligi maʼlum qilindi.
Seminarda iştirokçilar tomonidan berilgan savollarga atrofliça, batafsil javoblar berildi.
Qayrulla Atamuradov, Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶