SUD – ADOLAT QÖRĞONI
Bugungi kunda fuqarolar va tadbirkorlar özlarining buzilgan huquqlarini himoya qiliş maqsadida sudlarga murojaat qilişlarida sudlovga tegişlilik qoidalarining bir munça murakkabligi bois, fuqarolik işlari böyiça sudlardan maʼmuriy sudlarga, maʼmuriy sudlardan iqtisodiy sudlarga qayta-qayta murojaat qiliş holatlari mavjud. Bu esa nizolaşayotgan şaxslarga qöşimça noqulaylik bölib, ularning huquqlari öz vaqtida himoya ostiga olinmasdan, sudlarga bölgan işonçsizlik va hurmatsizlik ortişiga sabab bölayapti.
Prezidentimizning 2020-yil 24-iyul kungi «Sudlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Farmonida fuqarolarning odil sudlovga bölgan huquqini amalda taʼminlaş bilan boğliq muhim muammoga alohida eʼtibor qaratilib, viloyat va unga tenglaştirilgan fuqarolik işlari böyiça, jinoyat işlari böyiça sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudʼyalarning qatʼiy ixtisoslaşuvini saqlab qolgan holda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar umumyurisdiktsiya sudlarini taşkil etiş belgilandi.
Viloyat darajasidagi fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy sudlar birlaştirilib, yagona umumyurisdiktsiya sudlarining taşkil etilişi yuqorida qayd etilgan muammolarni bartaraf etişi bilan birga ilğor xorijiy davlatlar amaliyotiga ham monanddir.
Farmonda Oliy sud tomonidan har qanday işni nazorat tartibida körib, quyi sudlarga taʼsir körsatişdek nomaqbul amaliyotdan töliq voz keçilişi nazarda tutilib, sudyalar mustaqilligini taʼminlaş, ularga adolatli qaror qabul qilişda bosim ötkazişga yöl qöymaslik, işlarning yillab qayta körilişiga barham beriş maqsadida Oliy sud raisi va Boş prokurorning protest keltiriş huquqi bekor qilindi.
Farmon bilan sud tergovi jarayonida inson huquqlari kafolatlarini yanada kuçaytiriş va taraflarning tortişuvçanligi tamoyilini amalda röyobga çiqariş maqsadida jinoyat sudlarida dastlabki eşituv bosqiçi joriy etilmoqda.
Şular qatori mazkur Farmonda sud tizimida boşqada qator taşkiliy-tuzilmaviy özgarişlarni amalga oşiriş nazarda tutilgan bölib, bu özgarişlar fuqarolarimizning odil sudlovga bölgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarining yanada kengroq taʼminlanişiga zamin yaratadi, deb işonaman.
Q.ATAMURODOV, Fuqarolik işlari
böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶