QUTURIŞ – XAVFLI KASALLIK
Quturiş – ötkir yuqumli zoonoz kasallik bölib, markaziy nerv sistemasining zararlanişi bilan taʼriflanadi.
Quturiş kasalligi qadim zamonlardan beri maʼlum. Uning qözğatuvçisi ney-rotrop virus bölib, u quturgan hayvonning sölagida böladi, taşqi muhitda uzoq saqlana olmaydi.
Infektsiya manbai quturgan itlar, muşuklar, börilar, tulkilar, börsiqlar va boşqa hayvonlardir. Kamdan-kam hollarda kasallik quyonlardan, kalamuş va siçqonlardan yuqişi mumkin. Itning sölagida virus quturiş belgilari maʼlum bölişidan 7-10 kun ilgari paydo böla boşlaydi. Quturiş kasalligi yuqişi uçun itning odamni tişlaşi şart emas, uning sölagi odam terisidagi şilingan yoki tirnalgan joyiga tuşsa ham kasallik yuqadi. Quturiş yoz-kuz oylarida köproq uçraydi, odam boşi va yuzining tişlanişi oyoq-qöllar tişlanişiga qaraganda ança xavfli. Itning kiyim-keçak ustidan odamni tişlaşi ham xatarli.
Yaralangan odam terisiga tuşgan it sölagidagi virus nerv tolalari böylab, boş va orqa miyaga yetib boradi va ularda köpayib, çuqur özgarişlar yuz berişiga sabab böladi. Ayniqsa, adaşgan nerv – tomoq-til nervi va til osti nervlarining yadrolari köproq zararlanadi. Yutiş va nafasda qatnaşadigan muskullarning tortişib qisqariş, talvasaga tuşib, tirişiş, qattiq terlaş va sölak oqişi ana şu nervlarning zararlanişiga boğliq.
Odamni it yoki boşqa hayvon tişlagani, gidrofobiya, aerofobiya borligi, nafasning tartibsiz bölişi va vaqti-vaqti bilan çuqur-çuqur nafas olişi kabi belgilar quturiş diagnozi uçun juda muhim. Lekin qoqşoldan, atropindan zaharlaniş holatidan farqlay oliş kerak. Quturişning davosi yöq. Profilaktikasi – hayvonlarga qarşi kuraş, daydi itlarni yöqotişdir. Faqatgina it tişlagan odamlarni öz vaqtida ehtiyotdan emlaş orqaligina hayotini saqlab qoliş mumkin.
A.YoVBASAROV, tuman SEO va JS bölimi şifokor-epidemiologi.
B.TAJIBOYeV, tuman FVB xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶