QOIDABUZARGA JAZO TAYINLANDI
Ota-bobolarimizning közga körinar-körinmas balo-ofatlardan saqlagay, degan gapida hikmat köp. Axir falokat oyoq ostida, salgina eʼtiborsizlik, ehtiyotsizlik ham ulkan köngilsizliklarga sabab bölişini hayotning özi tasdiqlamoqda.
2021-yilning 11-oktyabrida Jinoyat işlari böyiça tuman sudining oçiq sud majlisida muhokama etilgan Nukus şahrida istiqomat qiluvçi, masʼuliyati çeklangan jamiyatda işlab, öziga yuklangan vazifani yoruğ yuz bilan uddalab yurgan, oilali, uç nafar farzandning otasi bölgan Ö.Abdullayev (ism-familiyalar özgartirilgan)ga nisbatan oçilgan jinoyat işi haqida eşitgan odamning köngliga ham şunday öylar kelişi tayin.
U ötgan yilning köklamida akasi nomida bölgan “Cobalt” rusumli maşinani Nazarxon ovuli hududidan ötuvçi “Ğuzor-Buxoro – Nukus-Beynov” A-380 avtomobil yölida harakatlaniş jarayonida ehtiyot çoralarini körmasdan, old tomonida özi bilan bir xil yönalişda harakatlanib ketayotgan fuqaro I.I. boşqaruvidagi “Damas” rusumli avtomaşinani quvib ötiş maqsadida qarama-qarşi yönalişga çiqib, qarama-qarşi yönalişda harakatlanib kelayotgan fuqaro S.S. boşqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomaşina bilan töqnaşib, yöl-transport hodisasi sodir qilgan. Natijada “Nexia” rusumli avtomaşina asfalt yölning şimoliy qatnov qismida köndalang holatda turib qolganligi sababli “Damas” rusumli avtomaşina “Nexia” rusumli avtomaşinaning çap yon tomoniga borib urilgan va yöl çetiga çiqib ketib ağdarilgan.
Mazkur yöl-transport hodisasi natijasida “Nexia” rusumli avtomaşinadagi 4 nafar yölovçilar, “Cobalt” rusumli avtomaşinadagi yölovçi H.T. hamda “Damas” rusumli avtomaşina haydovçisi Ö.B.lar olgan tan jarohati natijasida öziga kelmasdan voqea joyida vafot etgan, “Nexia” rusumli avtomaşina haydovçisi tan jarohatlari olib, tuman şifoxonasiga yotqizilgan.
Sud hukmi bilan Ö.Abdullayev Jinoyat kodeksi 266-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan 3-yil muddatga transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilinib, 10-yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi va yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni fuqaroviy daʼvogarlarga qoplab beriş majburiyati yuklandi.
J.ÖRAZBOYeV,
Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶