MAKTABGAÇA TAʼLIM TAŞKILOTLARIDA BOLALARGA BERILAYoTGAN OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATI ÖRGANILDI
Oliy majlis huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarni qöllab-quvvatlaş Jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Soğlom turmuş tarzi – farovon hayot asosi” loyihasi rejasiga köra “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati tomonidan soğlom turmuş tarzi haqida keng tuşunçalar beriş maqsadida qator tadbirlar ötkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda salomatlikni asraş, yuqumli kasalliklardan himoyalaniş, töğri ovqatlaniş, zararli odatlardan saqlaniş kabilar töğrisida soha mutaxassislarini jalb etgan holda kerakli maʼlumotlar berib borilmoqda.
28-fevral kuni “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati, Amudaryo telekanali, tuman Sanitariya-epidemiologik va osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi xodimlari hamda Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Oybek Begimovlar tomonidan loyiha doirasida tadbir taşkil etildi. Işçi guruh tomonidan tumandagi baʼzi maktabgaça taʼlim taşkilotlarida bolalarga beriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, taomnomalarining töğri taşkil qilingani, zaxira mahsulotlarining saqlaniş holatlari örganildi.
Örganişlar davomida Boyovul mahallasidagi “Şukrona” nodavlat oilaviy maktabgaça taʼlim taşkilotida 25 nafar kiçkintoy tarbiyalanayotgani, ularga malakali tarbiyaçi, hamşira hamda oşpaz taʼlim-tarbiya berib kelayotgani maʼlum böldi. Taşkilotda tarbiyalanuvçilar uçun barça şaroitlar yaratilgan. Dam oliş, maşğulotlar ötkaziş, hamşira xonalari kerakli inventarlar bilan jihozlangan.
Şuningdek, taşkilot oşxonasidagi şaroitlar ham örganilganda, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinayotgani, oşpaz vitaminlarga boy, ham körinişi, ham sifati jihatdan belgilangan meʼyorlarga javob beradigan ovqatlar tayyorlayotgani qayd qilindi. Ayniqsa, tuşlik uçun hafta davomida lavlagi, sabzi, loviya, pomidor va bodringdan rang-barang salatlar tayyorlab, birinçi va ikkinçi taomlarni pişirişga ham ijodiy yondaşayotgani, turli foydali ovqatlar taomnomadan örin olganini işçi guruh aʼzolari alohida eʼtirof etdilar.
Taşkilot rahbari Mehrigul Şomurodova kiçkintoylarga beriladigan taomnomada vitaminlarga boy hamda toza, yaroqlilik muddati ötmagan mahsulotlar işlatilişiga alohida eʼtibor qaratilib kelinayotganini taʼkidladi.
Loyiha doirasidagi örganiş işlari tumandagi 8-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida davom ettirildi. Mazkur taşkilotda 100 nafar tarbiyalanuvçiga 5 ta asosiy, 4 ta qisqa guruhlarda 12 nafar tarbiyaçi taʼlim-tarbiya berib kelmoqda. Bu yerda ham oşxonaning faoliyati yaqindan örganildi. Örganiş davomida oşxonada sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilingan holda ovqat tayyorlanayotgani, mahsulotlarning saqlanişiga alohida eʼtibor qaratilib kelinayotgani aniqlandi. Oşxonada taomnoma böyiça mazali va sifatli ovqatlar tayyorlaş yölga qöyilgan.

Tuman Sanitariya-epidemiologik ososyiştalik va jamoat salomatligi bölimining bolalar va ösmirlar gigiyenasi böyiça sanitariya şifokori Nigora Eşimova örganişlar davomida taşkilotlar masʼullariga, oşpazlarga oşxonaning jihozlanişi, tarbiyalanuvçilarning soğlom ovqatlanişi, taom tayyorlaş jarayonida texnologiya, sanitariya-gigiyena qoidalari, normativlariga rioya qiliş böyiça tuşunçalar berib ötdi. Undan taşqari, ayni köklam kirgan şu kunlarda bahoriy kökatlardan foydalangan holda vitaminlarga boy sabzavotli, mevali salatlar, sut va sut mahsulotlaridan foydalangan holda taomnomaga rang-baranglik kiritib turişni maslahat berdi. Şu bilan birga oşxonada karam şörva, makaron dimlama, şovla kabi tez-tez takrorlanuvçi taomlar örniga manti, oş, bulğor dölmasi kabi mazali taomlarni tayyorlaşni tavsiya qildi.
Loyiha rejasiga köra maktabgaça taʼlim taşkilotlarida taşkil etilgan uşbu örganiş yakunida masʼullar tomonidan bu kabi nazorat tadbirlarini kelgusida ham muntazam ravişda ötkazib borişga kelişib olindi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶