Tuğilganlik haqidagi guvohnomada texnik xatolik bilan notöğri maʼlumot yozilganda, uni qay tartibda özgartiriş mumkin?
Savol: Tuğilganlik haqidagi guvohnomada texnik xatolik bilan notöğri maʼlumot yozilganda, uni qay tartibda özgartiriş mumkin?
Javob: Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlarida iş yuritiş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga asosan, tuğilganlik haqidagi guvohnomada texnik xatolik sababli notöğri malumotlar aks etganda FHDYo organi tomonidan dalolatnoma yozuviga özgartiriş, tuzatiş va qöşimçalar kiritiş yöli bilan xatolik bartaraf etiladi.
Ön olti yoşga tölmagan bolaning tuğilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga özgartiriş, tuzatiş va qöşimçalar kiritiş ota-onasining birgalikdagi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarning arizasi asosida amalga oşiriladi. Ismi yoki familiyasini özgartirişga esa faqat uning roziligi bilan yöl qöyiladi. Bunda bolaning roziligi ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan berilgan arizada uning şaxsiy imzosi bilan ifodalanadi.
Dalolatnoma yozuviga yetarli asoslar mavjud bölganda tegişli özgartirişlar kiritiladi va ariza beruvçiga yangi guvohnoma rasmiylaştirib beriladi. Buning uçun “Davlat boji töğrisida”gi Qonuniga asosan BHMning 10 foizi miqdorida davlat boji va Vazirlar Mahkamasining “Gerbli guvohnomalar berganlik uçun gerb yiğimi miqdorini tasdiqlaş töğrisida”gi qaroriga asosan gerbli guvohnomalar berganlik uçun BHMning 15 foizi miqdorida gerb yiğimi undiriladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş çoğida yöl qöyilgan xatolar munosabati bilan tuğilganlik töğrisidagi hujjatlar yozuvlari özgartirilgan, töldirilgan va tuzatilgan taqdirda “Davlat boji töğrisida”gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq fuqarolar davlat bojini tölaşdan ozod etiladi.
Savollarga tuman FHDYo bölimining 2-toifali inspektori Rohatoy Polvonova javob berdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶