BOĞ MAHALLASIDA SUMALAK SAYLI BOŞLANDI
Qiş izğirinlari çekinib, ölkamizda fasllar kelinçagi bahor hukmronligi boşlandi. Çor-atrofda hali qiş manzaralari saqlanib turgan bölsa ham, fasllar sarvari köklamni – yaşariş, yangilaniş lahzalarini intiq kutgan köngillarga bahoriy jöşqinlik indi.
Tumanimizning “Boğ” mahallasi “Zamon” köçasi aholisi ham köklamni zör şodiyonalar bilan qarşi oldi. Köçada istiqomat qiluvçi 15 xonadonning yoşi uluğlari kengaşib, har yilgi anʼanalariga köra sumalak qaynatişdi.
Uşbu xonadonlarda istiqomat qiluvçilar har yili köklamda özaro ahillikda, birgalikda sumalak qaynatişadi. Bu safar ham yoşi uluğ onaxonlar buğdoyni elab, saralab, yuvib-tozalab undirişdi. Buğdoy yaxşi unişi uçun nim qoronği, iliq xonada saqlab, tez-tez suv sepib turişdi. Garçi bu işni har yili bajarib yurişgan bölsa-da, buğdoy donlari niş ura boşlaganda onaxonlar bunday jarayonni xuddi ilk bora körayotganday özlarida yöq quvonişdi. Bir tekis unib çiqqan maysalar yaşillik kasb etgaç, bahorga yetganlariga şukronalar aytib, el-yurtimizga tinçlik-omonlik tilab, sumalak qaynatişni boşladilar. Ulkan qozonlar şu köçadagi bağrikeng insonlar xonadoni – 13-uyga örnatildi.
Sumalak qaynatiş jarayonidagi barça yumuşlarni keksa onaxonlar – faxriy öqituvçi Gulora Xidirova, Zamira Sobirovalar yöl-yöriqlariga köra yoşlar ado etişdi. Buğdoy maysasini kelida tuyiş, şirasini siqib olib, qozonga soliş, ötin yoqiş işlarini köça yoşlari – kelinlar, qizlar, yigitlar bajarişdi.
Marosimda mahallaning xuşovoz öğloni Xurşid Jangaboyev ijro qilgan şöx qöşiqlarga katta-yu kiçik yayrab raqsga tuşdilar. Onaxonlar aytgan xalq qöşiqlari, laparlar, aytişuvlar barçaga juda yuqori kayfiyat, qadimiy urf-odatlarimizga hurmat ruhini baxş etdi.
Örta Osiyo xalqlari tarixiga nazar solsak, köklamda sumalak pişiriş odati 3 ming yillardan ortiq tarixga ega. Şunisi eʼtiborliki, bizning xalqimizning ham sumalak sayli bilan boğliq öziga xos udumlari, urf-odatlari va anʼanalari mavjud.
Oldinlari sumalak sayli keng adirlarda, ulkan maydonlarda ötkazilgan. Yigitlar ötin yorib, kuçliligini, qizlar suv taşib, bahoriy taomlar – köksomsalar pişirib, çaqqonligini, pazandaligini namoyiş etişgan. Şuningdek, köpkari, uloq, kuraş musobaqalari ham ötkazilgan. Qizlar-yigitlar aytişuvlari saylning eng hayajonli damlari bölgan. Aytişuvda qatnaşişga eng ziyrak, sözga çeçan yigit-qizlar tanlab olingan.
Sumalak pişiriş uçun buğdoyni undirişda hozirgi kunda ham keksalar boş bölişadi. Köklamga, sumalakka yetganlariga şukronalar aytib, el-yurtga omonlik tilaşadi. Qaynatilgan sumalak kosalarda köpçilikka tarqatiladi. Odamlar köklamning xayrli, barakali kelişini tilab duolar qilib, bahoriy taomdan totadilar.
Buningdek urf-odatlar yoşlarimizga qadimiy anʼanalarimizni, xalqimiz tarixini hurmat qilişga undaydi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶