24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 16:46
Jamiyat 👁 237

FAROVON MAHALLASIDA MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI

FAROVON MAHALLASIDA MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI

Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan tuman hokimi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining 2022-yil 17-yanvardagi tegishli buyrugʻiga muvofiq maxsus-taktik oʻquv mashqi tashkil etildi.

Joriy yilning 2-mart kuni Farovon mahallasi hududida “Mahalla fuqaro muhofazasi” yigʻma guruhini yaratish va faoliyatini tashkillashtirish maqsadidagi ushbu oʻquv mashqi doirasida dastlab oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi. Oʻquv-amaliy seminarga tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati tuman boʻlimi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda fuqarolar yigʻinlari xodimlari ishtirok etishdi.

Koʻrgazmali oʻquv-seminarning nazariy qismini tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi Bekzod Tajiboyev olib bordi hamda “Mahalla fuqaro muhofazasi”ning asosiy vazifalari, funktsiyasi, tuzilma faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash tartibi toʻgʻrisida maʼruzalar qildi.

Shuningdek, “Mahalla fuqaro muhofazasi” yigʻma guruhlarini asbob-anjom, mol-mulk va himoya vositalari bilan taʼminlashni tashkil etish va guruh aʼzolarining amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan tartib-qoidalari, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, aholini favqulodda vaziyatlar, yaʼni zilzila, sel va suv toshqini, is gazi va boshqa zaharli gazlardan, ovqatdan zaharlanish, yongʻin, suvda choʻkish, quturish kasalligi hamda hududlarning radioaktiv, kimyoviy va biologik zararlanishi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga, tayyorlashga doir harakatlar toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtdi.

Koʻrgazmali oʻquv mashqining amaliy qismida “Mahalla fuqaro muhofazasi” yigʻma guruhi shaxsiy tarkibining holati hamda Farovon mahalla fuqarolar yigʻini hududida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar inobatga olinib, maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi. Dastlab tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimining Qutqaruv otryadi hamda hududiy Favqulodda vaziyatlar davlat tuzilmasi kuch va vositalarining maxsus texnika, asbob-anjomlarini ishlatish va ularning taktik-texnik tavsiflari boʻyicha tushunchalar berildi.

Favqulodda vaziyatlar davlat tuzilmasi kuch va vositalari tomonidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha amaliy harakatlar oʻquv mashqlari tarzida koʻrsatib berildi. Shuningdek, avariya, halokat, tabiiy ofatlar, epidemiya xavfi yuzaga kelganda hamda harbiy harakatlar davrida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlardan aholi hayoti va sogʻligini, moddiy boyliklarni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar, bu jarayondagi harakatlar amalda bajarib koʻrildi.

Ushbu tadbirga Farovon mahalla fuqarolar yigʻinida tuzilgan Fuqaro muhofazasi tuzilmasidan 11 nafar xodim jalb qilindi. Jami oʻtkazilgan koʻrgazmali oʻquv amaliy seminari va taktik-maxsus oʻquv mashqiga 37 nafar fuqaro va 9 ta maxsus texnika qatnashdi.

Tadbir yakunida barcha vakolatli idoralar vakillari bilan oʻquv mashqi yuzasidan fikrlar almashildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

B.Tajiboyev, tuman FVB boʻlinma boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026