Hokim yordamçisining kömagi bilan 10 nafar fuqaro yer uçastkalarini ijaraga oldi
Prezidentimiz taşabbusi bilan mahallalarda taşkil etilgan hokim yordamçisi lavozimiga Respublikamizning barça hududlarida oçiq tanlov ötkazilib ular orasidan bilimli va salohiyatli xodimlar tanlab olindi. Amudaryo tumanida ham 49 ta mahalla va ovul fuqarolar yiğinlari mavjud bölib har bir mahallaga 1 nafar hokim yordamçisi biriktirilgan. Hokim yordamçilari öz mahallasida tadbirkorlikni rivojlantiriş va yangi iş joylarini yaratişga masʼul bölib yer, kredit, kasbga öqitiş va boşqa zaruriy kömak beriş tizimini yölga qöymoqdalar.
Tumanimizning Kuyuk-köpir ovulida faoliyat boşlagan hokim yordamçisi Nodirbek Norimbatov ham öz mahallasi hududining infratuzilmasini yaxşilaşga, hududda tadbirkorlikni yanada rivojlantirişga eʼtibor qaratib, işbilarmonlik bilan şuğullaniş istagidagi fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratişda amaliy yordam körsatgan holda yöl-yöriq va tavsiyalar berib kelmoqda.
Maʼlumki, yer olib, ekin ekkan holda öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişni istagan fuqarolarga qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarini ijaraga beriş böyiça yangi tizimi yaratildi. Hokim yordamçisi bu borada ham fuqarolarga yaqindan yordam bermoqda. Ovul aholisi bilan muloqot jarayonida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektron onlayn-auktsion va tanlovlarni taşkil etiş hamda ötkaziş tartibini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori haqida keng tarzda maʼlumotlar berilib, yer uçastkalarini ijaraga oliş böyiça hujjatlarni töplaş va onlayn auktsionda iştirok etiş böyiça amaliy yordam körsatilmoqda.
Şu örinda aytiş lozimki, qisqa fursat içida Kuyuk-köpir ovulida istiqomat qiluvçi fuqarolardan 10 nafari onlayn auktsionga qatnaşib, yer maydonlarini ijaraga olişdi. Fuqaro Erkin Mamirov ham mazkur auktsionda iştirok etib, 10-yil muddatga ijara asosida 41 sotix yer egasiga aylandi. Uning taʼkidlaşiça, hukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan bunday imkoniyatlar nafaqat aholi bandligini taʼminlaş, balki qişloq xöjaligida mahsulotlar yetiştiriş kölamini oşiriş va xalq farovonligini taʼminlaşga ham xizmat qiladi.
Mahallaning yana bir fuqarosi Baxtiyor Haytimbetov ham hokim yordamçisining tavsiyalari va körsatmalari asosida ye-auksion onlayn platformasida röyxatdan ötib, belgilangan tartibda auktsionda iştirok etdi va dehqon xöjaligi taşkil qiliş uçun yer maydonini ijaraga oldi. U ham yerdan unumli foydalanib, avvalo oilasining iqtisodini yuksaltirişni va bozorlarimizga arzon narxda dehqonçilik mahsulotlarini yetiştirib berişni maqsad qilgan.
Hokim yordamçisi tomonidan hududda işsizlikni qisqartiriş, aholi bandligini taʼminlaş va daromad manbalarini yaratiş borasida amalga oşirilayotgan bu kabi işlar talaygina. Fuqarolardan esa faqatgina mavjud imkoniyatlar va şart-şaroitlardan foydalaniş talab qilinadi, xolos.
Taʼkidlaş joizki, paxta va ğalladan qisqartirilgan yer maydonlarini aholiga ijaraga beriş tizimi yaratilgani poliz va sabzavot ekinlari, dukkakli va moyli ekinlar yetiştiriş hajmining yanada ortişiga, pirovardida esa oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirişga zamin yaratadi.
Tuman hokimligining axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶