24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 16:47
Jamiyat 👁 323

“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali boʻlib oʻtdi

“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali boʻlib oʻtdi

Yurtimizda yoshlarning gʻoya va takliflarini eshitish uchun maydon yaratish, zamon qahramonlarini kashf etish, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish va mamlakatdagi yangilanishlarga faol jalb qilish maqsadida koʻplab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Aytish kerakki, hukumatimiz tomonidan yoshlar borasida qabul qilinayotgan qarorlar faqatgina yosh avlodning manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror ham aynan shu maqsadlar ruyobiga hizmat qiladi.

Mazkur qarorda yoshlarning bandligi taʼminlash, kasbga oʻqitish, sportga qiziqtirish va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida koʻplab ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanida sektorlar kesimida koʻplab tanlovlar va sport musobaqalari oʻtkazib kelinmoqda.

Jumladan, 3-mart kuni Nazarxan ovulida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali boʻlib oʻtdi.

Festival “Salomatlik uchun 5000 qadam” tadbiri bilan boshlandi. Shundan soʻng, 3-sonli maktabning sport maydonchasida oʻgʻil bolalar oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi. Shiddatli va murosasiz kechgan uchrashuvda “Nazarxan jaslari” jamosi birinchi oʻrinni egalladi.

Xotin-qizlar oʻrtasida sportni targʻib qilish bugungi kunning dolzarb masalasi. Sababi, sogʻlom va barkamol avlodni dunyoga keltirish va tarbiyalash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Oʻtkazilgan festivalda ayol-qizlar ham faol qatnashishdi. Ular sportning voleybol turi boʻyicha kuch sinashib sportdagi qobiliyatlarini namoyon qildilar. Musobaqada 3-sonli maktab jamoasi birinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, sportning tennis,shaxmat va shashka turlari boʻyicha ham musobaqalar boʻlib oʻtdi. Musobaqalarning barchasida gʻolib boʻlgan jamoalar tuman Turizm va sport boʻlimi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tomonidan munosib taqdirlandi.

Kunning ikkinchi yarmida Nazarxan ovul fuqarolar yigʻini binosida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev aholi va yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bir qancha muammo va takliflardan iborat murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning aksariyati shu joyning oʻzida hal etilgan boʻlsa, baʼzilariga huquqiy tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiluvchi murojaatlar tegishli soha vakillariga topshiriq sifatida berildi.

Shundan soʻng, tumanimiz hududida joylashgan “Chilpiq” arxeologik yodgorligiga sayohat tashkil qilindi. Yoshlarga ushbu yodgorlik haqida keng turda maʼlumotlar berilib, ularning ilmiy va maʼnaviy dunyosini yanada boyitishga hissa qoʻshildi.

Sayohat davomida yoshlar mazkur tarixiy yodgorlikning sir-sinoatlarga toʻla ekanligini va bu xalqimiz tarixining uzoq oʻtmishga borib taqalishini tushunib, qalblarida bir olam tassurot va gʻurur bilan qaytdilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026