AMUDARYoLIK AYoL-QIZLARGA HURMAT-EHTIROM KÖRSATILDI
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy faolligini oşiriş, ularning turli soha va tarmoqlarda öz qobiliyat va imkoniyatlarini röyobga çiqarişi uçun şart-şaroit yaratiş, huquq va qonuniy manfaatlariga sözsiz rioya qilinişini taʼminlaş, onalik va bolalikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, şuningdek, oila institutini mustahkamlaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Ayollarimizning jismoniy, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltiriş, ularning salomatligini mustahkamlaş, ijtimoiy muhofazasini kuçaytiriş, oila, onalik va bolalikni himoya qiliş, tadbirkor ayollarni qöllab-quvvatlaş maqsadida qator islohotlar amalga oşirilmoqda. Har yili 8-mart sanasining alohida bayram sifatida mamlakat böylab çinakam tantana qilinişi jamiyatimizda ayollarga bölgan eʼtiborning neçoğlik yuksak ekanligini ifodalaydi.
Joriy qilning 5-mart sanasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bağişlab Qiliçboy madaniyat markazi binosida tuman madaniyat bölimi tomonidan taşkillaştirilgan amudaryolik aziz va möʼtabar ayollarni şaraflovçi “Muqaddas Ayol” deb nomlangan adabiy-musiqiy bayram tadbirida ham fidoyi va mehnatkaş, munis va mehribon ayol-qizlarga hurmat-ehtirom körsatildi.
Yurtimizda uyğoniş, yangilaniş va yaşnab-yaşarişni tarannum etuvçi “Bahor valsi” kuyi yangragan lahzalarda tadbir mehmonlari bölgan aziz va muhtarama onaxonlar, gözal opa-singillar çehrasida bahoriy quvonçlar jilvalandi. Tumanimizdagi 38-, 40-sonli maktablarning raqs guruhlari raqqosalari ijrosidagi bahor va ayol gözalligi hamda buyuk ilohiy qudratini ifoda etuvçi “Bahor valsi” ayol zotini uluğlovçi “Muqaddas Ayol” musiqiy sadolariga ulanib ketdi.
Tadbir boşlovçilari onalik va bolalikni, ayol latofati va nazokati, mehr-u muhabbatini özida mujassam etgan dilbar şeʼrlarni öqib, ayollarga çuqur ehtirom körsatdilar.
Şuningdek, tadbir davomida tuman madaniyat bölimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyiş etilib, ona, bahor, döstlik va tinçlikni tarannum etuvçi kuy va qöşiqlar yangradi. Kontsert dasturi davomida 38-, 40-sonli, 83- va 47-, 15-sonli umumtaʼlim maktablarining raqs guruhlari jamoalari özlarining dilbar raqslari bilan tadbir iştirokçilariga bahoriy kayfiyat ulaşdilar.
Ayniqsa, 4-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyalanuvçilari hamda 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi raqs jamoalarining çiqişlari barçaga manzur böldi. Ijroçilarning har bir çiqişida möʼtabar va munis onalar, aziz va muhtarama Ayollar qadr-qimmati, mehr-muhabbati, oiladagi va jamiyatdagi betakror örni yuksak pardalarda tarannum etildi.
“Muqaddas Ayol” tadbirida aziz Ayollar nafaqat bahorga qiyoslandi, balki mehri quyoşday olamni çaroğon etib, betimsol harorat baxş etuvçi, başariyat qalbini nurlantirib turguvçi buyuk xilqat sifatida qadrlandi.
Tadbir yakunida xuşovoz xonanda Ğayratjon Yangiboyev ijrosidagi “Ayol” qöşiğiga barça iştirokçilar jör böldilar.
Risolat IBRAGIMOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶