Diydor quvonçi
52-sonli umumiy örta taʼlim maktabining 11-sinfini 1994-yilda bitirgan sobiq öquvçilari 2014-yil 13-avgust kuni jonajon maktabi bağrida töplanişib, özlariga 11-yil davomida taʼlim-tarbiya bergan ustozlari bilan uçraşdilar. Sobiq öquvçilar oradan yigirma yil ötib maktabga, jonajon sinfxonalariga özgaça bir kayfiyatda, içki hayajon bilan birin-ketin kirib kelişdi. Sinflari ozoda, partalari yangi, bugungi kun talabi darajasidagi kompyuterlar va texnik vositalarga ega sinf hayoti va bugungi taʼlim jarayonini aks ettirgan devoriy gazetalar, stendlar, bannerlarga boy şaroitni körib sobiq öquvçilarning havaslari kelib ketdi.
Uçraşuv maktab binosida ertalabki soat 9 da boşlandi. Tadbirda sobiq bitiruvçilar bilan birgalikda mehnatfaxriylari, maktab pedagogika jamoasi, mahalla faollari iştirok qildilar. Tadbirni sobiq öquvçi, hozirda şu maktabning direktori lavozimida işlayotgan Qodirbergan Yeşçanov oçiq deb eʼlon qildi. Sobiq öquvçilarni özlarining sinf rahbarlari, mehnat faxriysi, tarix fani öqituvçisi Xolboy aka Ahmedov va hozirgi kunda mazkur maktab direktorining öquv-tarbiya işlari böyiça örinbosari vazifasida işlayotgan Bahrom Rajabov, birinçi öqituvçisi marhum (oxiratlari obod bölsin) Ibrohim aka Matyusupovning rafiqasi Soporgul opa va Gulnora opa Artiqovaning qizi Rayhonlar diydor onlari bilan qutladilar. Uçraşuvga hayotdan bevaqt köz yumib ketgan sobiq sinfdoşlari Muxtorjon va Husanjonlar (oxiratlari obod bölsin)ning ota-onalaridan Tursunboy aka Abdullayev, Gulora opalar ham taşrif buyurdilar.
Sobiq sinfdoşlarning yigirma yillik ayriliqdan sönggi diydorlaşuvi, vaqtning tezkor va uçqurligi, har kim har tarafga hayot taqozosi bilan tarqalib ketişlariga qaramay, hammalari bir-birlari bilan döstlik, örtoqlik riştalarini uzmasdan saqlaşning özi ular uçun bir baxt ekanligi körinib turar edi.
Maktab hayoti bilan tanişuvdan va döstona diydorlaşuvdan söng, tuman markazidagi "Osiyo” töyxonasida sobiq öquvçilar-u ustozlar yoqimli kuy-qöşiqlar oğuşida ança payt suhbatlaşib ötirdilar, maktab va yoşlik damlarini eslaşib, esda qolgan voqealarni yana bir bor yodga oldilar. Bugungi dorilomon zamon va insonga yaratilgan şart-şaroitlar, imkoniyatlar töğrisida şirin suhbatlar qurildi. Tursunboy aka va Xolboy akalar özlari ijod qilgan şeʼrlarini keça qatnaşçilariga öqib berdilar.
Gulmirza BOBOJONOV,
52-sonli maktab direktorining maʼnaviy va maʼrifiy işlar böyiça örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶