NAZARXON OVULIDA AHOLIGA SAYYoR TARTIBDA DAVLAT XIZMATLARI KÖRSATILDI
Amudaryo tumani markazidan 50 kilometr uzoqlikda joylaşgan Nazarxan ovul fuqarolar yiğini hududida yaşovçi fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlarini körsatiş, ularning davlat xizmatlaridan foydalaniş borasida yuzaga kelayotgan muammolarini örganiş va sohadagi özgarişlar yuzasidan huquqiy tuşuntirişlar beriş maqsadida sayyor qabul taşkillaştirildi.
5-mart kuni bölib ötgan uşbu sayyor qabulda Davlat xizmatlari Agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi, tuman Davlat xizmatlari markazi, tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimi va fuqarolar yiğini masʼullari, ovul faollari, hudud aholisi iştirok etdi.
Tadbirda masʼullar dastlab yurtimizda davlat xizmatlari körsatiş tizimining izçillik bilan takomillaştirilişi aholining hayot sifatini yaxşilaş imkonini berayotgani, ayniqsa, çekka va olis hududlarda sayyor davlat xizmatlarini körsatiş fuqaro va tadbirkorlar uçun yanada qulayliklar tuğdirayotgani haqida söz yuritdilar. Fuqarolarga davlat xizmatlari körsatiş bilan birga, ularning huquqiy bilimlarini oşiriş maqsadida tizimdagi va qonunçilikdagi yangiliklar tarğib qilindi. Şuningdek, fuqarolarga davlat xizmatlari körsatiş sohasidagi özgarişlar, elektron davlat xizmatlaridan foydalaniş könikmalari haqida tuşuntirişlar berildi.

Qabul davomida ruhiy kasalliklar va narkologiya böyiça dispanser hisobida turişi yoki turmasligi töğrisida maʼlumotnoma oliş böyiça 8 ta, maktabgaça taʼlim taşkilotlariga navbatga qöyiş böyiça 10 ta, elektron raqamli imzo oliş böyiça 20 ta, kadastr pasportini şakllantiriş böyiça 2 ta, jami 40 dan ortiq ariza röyxatga olindi.
Tadbir davomida markaz xizmatlaridan masofadan turib qanday foydalaniş mumkinligi haqida ham maʼlumotlar berildi. Fuqarolarga xizmatlardan uzoq yöl bosib markazga borib yurmasdan şu yerning özida, öz uyida foydalanişi mumkinligi, buning uçun markazdan elektron raqamli imzo olişlari kerakligi tuşuntirildi.

Şu kungi sayyor qabulda tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimi xodimlari tomonidan ham Nazarxon ovul fuqarolar yiğini hududida istiqomat qiluvçi fuqarolarga sayyor tartibda xizmat körsatildi. Şu yerning özida Serjanov Almas Koşkarbayeviç va Adilbayeva Mayra Jumabayevnaning, Aqnazarova Nursultan Yergaliyeviç va Saparova Qoljamal Genjiboy qizining nikohlari qayd qilinib, buni tasdiqlovçi hujjatlar topşirildi. Bundan taşqari, ovul fuqarolari Timur Jumagaliyev va Aygerim Amanjolovalarning 2022-yil 2-mart kuni tuğilgan qiz farzandi Kisenbayea Uldana Timur qizining tuğilganligi qayd qilinib, tuğiliş haqidagi guvohnomasi berildi.
Nazarxon ovuli tuman markazidan olisda joylaşgani bois, aholi bunday xizmatlardan foydalanişda qiyinçiliklarga duç kelardi. Ovul fuqarolari xizmatdan foydalaniş uçun uzoq yöl yurib vaqt va ortiqça mablağ sarflagan holda markazga borişiga töğri kelar edi. Endilikda aholining yaşaş joyiga kelib xizmat körsatiş yölga qöyilgani sababli oğiri yengil, uzoği yaqin bölmoqda. Mazkur sayyor qabulda ovul aholisi şu yerning özida davlat xizmatlaridan foydalanişlariga imkoniyat yaratilganidan, uzoği yaqin qilinib, muşkuli oson bölganidan juda xursand böldilar.
Umida Saparboyeva, tuman DXM bölim boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶