24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 16:48
Jamiyat 👁 239

AYoL BILAN FAROVON VATAN!

AYoL BILAN FAROVON VATAN!

Hayotimizning fayzi va koʻrki, oila hamda jamiyat ustuni boʻlgan aziz opa-singillarimizni eʼzozlash, ularning qadr-qimmatini ulugʻlab, hurmat va ehtirom  koʻrsatish xalqimiz uchun eng buyuk qadriyat hisoblanadi. Chunki sevimli ayol-qizlarimiz tufayli hayotimiz hamisha goʻzal va mazmunli, xonadonlarimiz nurafshondir.

Mustaqil Vatanimiz taraqqiyotida hamda jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim oʻrin va mavqega ega. Buni biz mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy hayotidagi barcha sohalarda, xususan, davlat  boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, sogʻliqni saqlash, taʼlim, maʼrifat va maʼnaviyat, agrar va boshqa sohalarda fidoyi ayol-qizlarimiz amalga oshirayotgan olamshumul ishlar, erishayotgan muvaffaqiyatlar misolida yaqqol koʻrib turibmiz.

Bu borada gap ketganda, Prezidentimizning 2021-yildagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoyalashga, shu barobarida ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, qobiliyat va salohiyatlarini roʻyobga chiqarish, oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini bermoqda. 

Xususan, Amudaryo tumanida ham oʻtgan 2021-yil davomida kam taʼminlangan, uy-joyga muhtoj 6 nafar xotin-qizlarga “Ayollar maqsadli jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan uy-joylarning boshlangʻich badallari toʻlab berildi.

Ogʻir turmush sharoitida yashayotgan 19 nafar xotin-qizlarning 5 nafariga tibbiy yordam koʻrsatildi, 7 nafarining bandligi taʼminlanib, 6 nafari moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlandi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan  1 nafar ayolga kredit olishda koʻmaklashildi.

Hukumat Qaroriga koʻra, “Vaqtinchalik tartib” asosida tumandagi sektorlar kesimida mahallabay tarzda “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan 3697 nafar ayol-qizlar kiritilib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 842 nafar ayollarning bandligi taʼminlandi, 499 nafar xotin-qiz kasb-hunarga oʻqitildi. Shuningdek, 130 nafar uyda oʻtirgan ayollarga tomorqa xoʻjaligini yuritish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatilib, 812 nafar ayollarga oʻz tadbirkorlik faoliyatini yuritishlari uchun 7 mlrd. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratildi.

Bundan tashqari, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, nogironligi boʻlgan yoki qaramogʻida nogiron farzandlari bor ayollar, ijarada yashovchi hamda psixologik va tibbiy yordamga muhtoj ayol-qizlarning ham roʻyxati shakllantirilib, zarur yordamlar koʻrsatildi.

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ular oʻrtasida hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida 1725 nafar ayol-qizlarga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kredit mablagʻlari ajratilib, ayni paytda ular oʻzlarining issiqxona, tomorqa va dehqon xoʻjaliklari, hunarmandchilik hamda ishlab chiqarish kichik korxonalari, tikuvchilik tsexlari faoliyatini mohirlik bilan boshqarmoqdalar. Alohida qobiliyatli, oilaviy sharoiti kam daromadli boʻlgan xotin-qizlardan 9 nafariga Prezident Qaroriga muvofiq OTMlarga qoʻshimcha grant asosida oʻqishga  qabul qilinishlari uchun tavsiyanomalar berildi.

Tumanimiz va mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy hamda maʼnaviy hayotida faol ishtirok etayotgan ayol-qizlar orasida nufuzli davlat mukofotlari sohibalari, el-yurt ardogʻiga munosib aziz opa-singillarimiz borligi qalbimizga iftixor bagʻishlaydi. Amudaryolik 3 nafar el-yurt ardogʻidagi munis va muhtarama onaxonlar “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishoni sohibalari boʻldilar.

Maʼlumki, millatning oʻziga xos maʼnaviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, shubhasiz, oilaning, oilada esa ayolning oʻrni va taʼsiri beqiyosdir. Shu bois, mamlakatimizda xotin-qizlarning mavqei har jihatdan yuqori baholanmoqda. Bu muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2022-yil 1-mart sanasida imzolangan “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi tarixiy Qarorda oʻz isbotini topgan.

Prezidentimiz raisligida joriy yil 1-mart kuni xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishida mamlakatimiz xotin-qizlari hayotiga oid barcha muammolar atroflicha muhokama etilib, bu boradagi navbatdagi vazifalar belgilab olindi va Prezident Farmoni bilan endilikda mamlakatimizda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hamda qoʻmitaning  viloyat tuman (shahar) boshqarmalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

– Endi har bir mahallada ayollarning dardi bilan yashaydigan tizim boʻladi. Qaysi ayolga nima kerakligi, oʻqishi, davolanishi, bolalari tarbiyasi boʻyicha mening stolimda adolatli raqam boʻladi, – dedi davlatimiz rahbari.

Prezident Farmoni bilan har bir OFY va MFYda joriy etilayotgan xotin-qizlar faoli lavozimining yangidan tashkil etilayotgan tuman oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tizimiga oʻtkazilishi esa oila va xotin-qizlar bilan ishlashish, ular hayotiga oid barcha masalalarni aniq va puxta reja asosida amalga oshirish imkonini beradi. Zero, Prezidentimiz taʼkidlanganlariday: “Ona rozi boʻlsa, oila rozi boʻladi, oila rozi boʻlsa, jamiyat rozi boʻladi”.

Barcha zamonlarda, barcha jamiyatlarda Ayolga ehtirom koʻrsatish, uning el-u xalq, millatlar va demakki, avlodlar bardavomligi yoʻlidagi beqiyos katta xizmatlarini eʼtirof etishga oʻta jiddiy munosabatda boʻlishganki, bu hatto ham dunyoviy, ham islomiy qadriyat sifatida bashariyat zimmasidagi yuksak burchdir. Zotan, Ayol borki, olam munavvar, Vatan istiqboli mangu, avlodlar baxtga musharraf, xonadonlar charogʻon, oilalar toʻkis, har bir insonning bagʻri butun. Ana shu butunlik – bahorday yam-yashil, gurkiragan hayot, nafosatga, goʻzallikka oshno koʻngillar mangu boʻlsin!

Aziz va muhtarama, moʻʼtabar onajonlar, qadrli, goʻzal opa-singillar, barchangizga nafosat va goʻzallik ayyomi – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami qutlugʻ boʻlsin!

Goʻzal SOBIROVA,

tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash

boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026