MAKTABGAÇA TAʼLIM TAŞKILOTLARI PEDAGOGLARI UÇUN SEMINAR-TRENING ÖTKAZILDI
Tuman Maktabgaça taʼlim bölimi tasarrufidagi 6-son davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida davlat va nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari pedagoglari uçun seminar-trening taşkil etildi.
Uşbu seminar-trening maşğulotlarini Özbekiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligining masʼul xodimlari Nasiba Umrzoqova va Nilufar Ubaydullayevalar olib borişdi. Maşğulotlarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligidan Nurjamol Qurbonova, tuman Maktabgaça taʼlim bölimi metodisti Nafisa Örazmetova hamda maktabgaça taʼlim taşkilotlari metodistlari, pedagog-tarbiyaçilari qatnaşişdi.
Seminar-treningda tarbiyaçilarga guruhlarda rivojlaniş markazlarini töğri taşkil etiş, didaktik materiallardan töğri va samarali foydalaniş, guruh xonalarini bolalarning yoşi va sanitar normalari asosida jihozlaş tartibi kabilar töğrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Undan taşqari, seminar davomida tarbiyaçilar barça guruhlarda rivojlaniş markazlarining jihozlanişi, markazlardagi öyinçoqlar, didaktik materiallar bilan tanişib çiqişdi. Tarbiyaçilar beşta markazda amaliy vazifalar ham bajarişdi, ularni jihozlaş böyiça tavsiyalarni tinglab, fikr almaşişdi.
Seminar-trening davomida tarbiyaçilarga metodik yordam, maslahatlar berildi. Masʼullar öz navbatida ularning barça fikr-mulohazalarini tinglab, savollariga javoblar berişdi.
Bunday seminar-treninglar tasdiqlangan reja asosida tuman miqyosida qolgan davlat va nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida ham davom etadi.
N.Tajimurodova, tuman MTBning taʼlim-tarbiya sifatini taʼminlaş va metodik xizmatni taşkil etiş şöʼbasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶