Sinov tariqasida aholini röyxatga oliş jarayonlarining dastlabki natijalari haqida
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "Özbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida"gi 710-son qaroriga muvofiq 2021-yil 1-25-noyabr kunlari Andijon viloyatining Xöjaobod tumani, Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva şahri hamda Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida aholini sinov tarikasida röyxatga oliş tadbiri ötkazildi.
Aholining internet tarmoği orqali röyxatdan ötiş töğrisida töliq xabardor emasligi va maxsus axborot tizimidan (census.stat.uz) foydalaniş böyiça tuşunçasi yetarli emasligi sababli 4 ta hudud böyiça internet tarmoği orqali 10341 kişi (jami aholiga nisbatan 1,8 foiz) röyxatdan ötdi. Hududlar böyiça bu körsatkiç Xöjaobod tumanida 2281 kişi (2,0 foiz), Yuqori Çirçiq tumanida 4229 kişi (3,0 foiz), Xiva şahrida 1301 kişi (1,5 foiz) va Yaşnobod tumanida 2530 kişi (1,0 foiz) röyxatga olindi.
Sinov jarayonlarida 80 ta planşet qurilmalaridan foydalangan holda ham röyxatga oliş işlari olib borildi. Planşet usulida röyxatga oliş jarayonlari qoğoz usuliga qaraganda kulayligi, tezkorligi va samaralirok ekanligi kuzatildi.
Ön ikki kun davomida ötkazilgan röyxatga oliş jarayonlarida qoğoz usulida bir nafar röyxatga oluvçi örtaça 350 tadan 400 tagaça şaxslarni röyxatga olgan bölsa, planşet usulida esa örtaça 500 tadan 750 tagaça töğri keldi.
Şu sababli iş unumdorligini oşiriş maqsadida 2023-yilda butun respublikamizda ötkaziladigan aholini röyxatga oliş jarayonlarini qoğoz usulidan voz keçgan holda Internet tarmoği orqali va planşet qurilmalaridan foydalangan holda ötkaziş taklif etilmoqda.
Amudaryo tumani Statistika bölimi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶