Deputatlar saylovçilar bilan uçraşib, hududdagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olmoqda
Qoraqalpoğiston Respublikasidagi barça darajadagi deputatlarning faolligini yanada oşiriş maqsadida 9-martdan 19-martgaça deputatlar faoliyatida “Dolzarb 10 kunlik” eʼlon qilingan edi. Bundan közlangan asosiy maqsad deputatlarning saylov okruglarida aholi bilan uçraşuvlari ötkaziş orqali xalq bilan muloqotni yanada yaxşilaş, xalq vakillarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va aholi turmuş farovonligini yanada yaxşilaşdagi iştirokini oşirişdan iboratdir.
Bu borada Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga saylangan deputatlar ham faollik körsatişmoqda.
14-mart kuni 33-Özbekiston saylov okrugidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga saylangan deputat Yaxşimurod Ahmedov öz saylov okrugidagi Özbekiston va Qizilçoli mahallalarida bölib, aholi bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengaşi apparati rahbari Madamin Kazakov, mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, hokim yordamçilari, yoşlar yetakçilari hamda xududdagi mahalla faollari qatnaşişdi.
Saylovçilar bilan uçraşuv davomida 2022-2026-yillarda Yangi Özbekistonni rivojlantiriş strategiyasining mazmun-mohiyati hamda axamiyati böyiça, qolaversa, Prezidentimizning joriy yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpoğistonga taşrifi çoğida belgilab berilgan dolzarb vazifalarning bajarilişi xaqida saylovçilarga keng turda tuşuntiriş berildi.
Uçraşuvdan söng, xududdagi 95 yoşli nuroniy onaxon Xatiça Xaytimbetovaning holidan xabar olinib, Navröz bayrami oldidan sovğa-salomlar berildi. Şuningdek deputat, yakka tartibda taʼlim olayotgan, bolalikdan imkoniyati çeklangan Şerzod Xolbayevning xonadonida bölib holidan xabar oldi hamda unga öquv qurollaridan iborat sovğalarni topşirdi.

Şuningdek, Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga saylangan deputat Ğ.Yeşniyozov ham öz saylov okrugida bölib, Kuyuk köpir OFY raisi, ovuldagi hokim yordamçisi va yoşlar yetakçisi bilan hududdagi kam taʼminlangan va ehtiyojmand, boquvçisini yöqotgan oilalarga 1 qopdan un hamda mevali daraxt köçatlarini sovğa qildi.


Madamin Kazakov, ÖzLiDeP Amudaryo tuman Kengaşi apparat rahbari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶