DEPUTAT BILAN UÇRAŞUVDA KÖPLAB MUAMMOLAR ÖZ YeÇIMINI TOPMOQDA
Qoraqalpoğiston Respublikasidagi barça darajadagi deputatlarning faolligini yanada oşiriş maqsadida 9-martdan 19-martgaça ötkazilayotgan deputatlar faoliyatida “Dolzarb 10 kunlik” doirasida 32-Qiliçboy saylov okrugidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Sanobar Xöjamuratova Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputati Bahrom Qodirov bilan birgalikdagi 11-mart kuni Qiliçboy ovulida istiqomat qiluvçi saylovçilari bilan uçraşdi.
Deputat bilan uçraşuv ovuldagi Qöçqorboy Nurimovning tomorqasida taşkil etilib, unda Qiliçboy ovuli faollari va yoşlar iştirok etdilar.
Uçaşuvda deputat Sanobar Xöjamuratova saylovçilarga Prezidentimizning Qoraqalpoğistonga taşrifi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi özgarişlar, mamlakatimizda, xususan, Amudaryo tumanida yoşlar va xotin-qizlarga yaratilayotgan şaroitlar, qişloqlarda tomorqa xöjaligi, yoşlar va ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar haqida gapirib berdi.
Sanobar Xöjamuratova saylovçilar bilan muloqot qiliş va ularning tomorqa xöjaligini yuritiş böyiça muammolarini örganiş jarayonida Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarga ham batafsil töxtaldi. Ana şu ustuvor vazifalardan kelib çiqib, saylovçilar bilan uçraşuv joyining qiliçboylik mohir tomorqa yer egasi Qöçqorboy Nurimov tomorqa xöjaligida taşkil etilganiga alohida urğu berdi. U mahalladoşlari orasida öz halol va fidoyi mehnati, tadbirkorligi bilan eʼtibor va obrö topgan Qöçqorboy Nurimov erişayotgan yutuqlarni yoşlarga ibrat qilib körsatdi.
Rasmiyatçilikdan xoli tarzda taşkillaştirilgan uçraşuvda deputat möʼjazgina tomorqadan yilning tört faslida ham unumli foydalanib, özi va barça oila aʼzolari bandligini taʼminlagan Qöçqorboy Nurimovning tajribalarini yoşlar örtasida keng ommalaştiriş yuzasidan zarur tavsiyalar berdi. Uçraşuvda saylovçilar, asosan dehqonçilik uçun bahorgi ekiş-tikiş işlarida zarur böladigan bioorganik mahsulotlar yetişmovçiligi, auktsion orqali yer oliş, mikrokreditlar ajratiş borasida hamda özlarini qiziqtirgan boşqa masalalar böyiça murojaat qildilar.
Ovul yoşlaridan Raʼno Rahimboyeva tomorqa xöjaligini yuritiş uçun organik öğit olişni rejalaştirgani, lekin hujjatlarni rasmiylaştirişda huquqiy yordam zarurligini aytib, uşbu masalada yordam berişni söradi. Uning murojaati ovul fuqarolar yiğinida faoliyat olib borayotgan hokim yordamçisi Murodjon Boltayev tomonidan röyxatga olinib, tez fursatlarda bu muammoni bartaraf etişga kelişib olindi.
Şuningdek, Şohista Eşimmetovning dehqonçilik qiliş uçun yer ajratib berişni sörab qilgan murojaati ham şu yerning özida atrofliça örganib çiqilib, auktsionga qöyilgan yerlar hisobidan 25 sotix yer olişi mumkinligi va auktsionda iştirok etiş tartib-qoidalari töğrisida zarur tuşunçalar berildi.
Uçraşuvdan keyin deputat Sanobar Xöjamuratova xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputati Bahrom Qodirov bilan birgalikda ovuldagi keksa va bemor onaxonlar holidan ham xabar oldilar.
Deputatlar 84 yoşli bemor onaxon Salima Hayitboyeva xonadonida bölişib, onaxonning oilasidagi muammolarni örgandilar va onaxonning murojaatiga köra, unga qarayotgan qizi Saida Hayitboyevaga bemor onasining parvarişiga masʼul ekanligi töğrisidagi hujjatlarni rasmiylaştiriş va byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga topşiriş böyiça masʼul taşkilotlarga Saida Hayitboyevaning bemor onasiga qarab turgan davri mehnat stajiga hisoblanişi töğrisida deputat sörovi kiritiş böyiça kelişib olindi.

Deputatlar hududdagi 15-sonli umumtaʼlim maktabining uyda taʼlim olayotgan 8 nafar öquvçilari holidan xabar olişib, ularga berilayotgan taʼlim sifati bilan ham yaqindan tanişdilar hamda bu öquvçilarga mamlakatimizda taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtibor, nogironligi bölgan öquvçi-yoşlarning oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olişlari, öz orzularini röyobga çiqarişlari uçun yaratilayotgan imtiyozlar xususida maʼlumot berib, ularni yangi orzular, ilm oliş, hunar egallaş, kuçli tadbirkor böliş sari ruhlantirdilar.

Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶