Yuragida öti bor fermer
Katta yöl böyida yastanib yotgan keng paxtazorlar hosili çamanday oppoq bölib oçilib turgani uçun xuddi poyonsizday tuyuladi qaragan kişiga. Dala atrofi yovvoyi ötlardan tozalanib, yölaklar qöyilganligi, yölak çetiga ekilgan qovoqlar hosil tugib, gurkirab ösib turganligi, ayniqsa, ariq böylaridagi bir tekis tizilişib turgan teraklar beixtiyor kişi diqqatini tortadi. Kimlardir öz hovlisi atrofini obodonlaştira olmay, tomorqasini öt bosib yotadi-yu, intiliş bölsa, hatto butun boşli, salkam ikki yuz gektarlik xöjalik hududini ham ana şunday kökalamzorlaştiriş, obodonlaştiriş mumkin ekan-da.
Yöl böyida, dala çetiga qurilgan şinam şiypon atrofiga ekilgan qovoqlar palagi ham şiyponga örmalab turganini körib, aftidan xöjalik aʼzolari qovoqni yaxşi körişar ekan-da, deb öylarsiz? Yöq, xöjalik hududini aylangan odam ularning har bir qariç yerdan unumli foydalanayotganini anglaşi qiyin emas.
"Amirxon” fermer xöjaligi raisi Otaxon Qurboniyozov tinib-tinçimaydigan, xöjalik aʼzolaridan ham şunday harakatni talab qiladigan odam. Şuning uçun ham barça ekinlardan hamma dalalarda möl hosil yetiştiriladi, rejalar ortiği bilan ado etiladi. Ular ötgan yili 299 tonnadan ziyod paxta, 42,1 tonna ğalla, 1,1 tonna pilla, 14 tonna meva, 1,4 tonna baliq, 3 tonna moyli ekin hosili, 40 tonna kartoşka, 13,5 tonna sabzavot, 28,9 tonna şoli yetiştirgan edilar. Bu yilgi hosil çöği ham yomon emas. Asosiy ekin – 92 gektar paxta maydonlaridagi har bir tup ğöza hosildor bölib yetilişi uçun qilingan maşaqqatli mehnatlar zoye ketmadi. Ayni kunda ilk terimning özidayoq gektarlar hosildorligi 25 tsentnerdan oşib ketayapti.
- Birinçi terim heç bölmagan-da, 40 tsentner hosil bersa ekan, - yarim hazil, yarim çin paxtazorga qarab sözlaydi fermer. – Yöq, men buni oçközligimdan aytmayapman. Mana şu körib turgan dalangizdagi hosil yaralgunça qilingan mehnat 40 tsentner va hatto undan ham ortiq hosil olişga arziydi.
Ha, paxta mehrtalab, parvariştalab ösimlik.
Otaxon Qurboniyozov mazkur fermer xöjaligini tuzgan vaqtida, 2002-yilda yerlar şörlab ketgan, otizlarning çetlarining beş-olti metr joyini yovvoyi ötlar tomiri egallab yotgan edi. U işni xöjalik hududidagi zahkaşlarni qazdirib, yerlarning meliorativ holatini yaxşilaşdan boşladi. Tajribali, omilkor dehqonlardan maslahatlar, yöl-yöriqlar oldi. Natijada öğlining nomi bilan ataluvçi "Amirxon” fermer xöjaligini tumandagi dehqonçilik madaniyati yuksalgan, ilğor fermer xöjaligiga aylantirdi.
"Amirxon” fermer xöjaligida 2007-yilda 3 gektarlik boğ taşkil etildi, 2010 yilda baliqçilik, asalariçilik, çorvaçilik ham yölga qöyildi. Avtomobillarga texnik xizmat körsatiş, tikuvçiliktsexlari aholiga xizmat körsatmoqda.
Otaxon Qurboniyozovning mehnatsevarligi, tirişqoqligi inobatga olinib, unga 2008-yilda "Qiliçboy” muqobil maşina traktor parki raisi, 2012-yilda tuman Fermerlar Kengaşi raisi lavozimlari ham işonib topşirildi. U bularning barining uddasidan çiqayapti.
- Köngilda şu işni qilayin, degan niyat bölsa, odam albatta niyatiga yetar ekan, - deydi kulib fermer.
Ezgu niyatlar yölida qilgan mehnatlari, erişgan yutuqlari uni elda eʼzozli, obrö-eʼtiborli qildi, davlatimizningeʼtiroflariga sazovor etdi: u 2008-yilda"Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan qişloq xöjalik xodimi” unvoni, 2010 yilda Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi kökrak nişoni sohibi böldi.
Yaqinda Otaxon Qurboniyozovning hayotida yana bir unutilmas voqea sodir böldi. U Respublikamiz mustaqilligining 23 yilligi bayrami arafasida Yurtboşimizning Farmoniga köra "Şuhrat” medali bilan taqdirlandi. Xuşxabarning qanoti böladi, deyişadiku, bu tumanimizga tezda tarqaldi. Quvongan, qutlagan, havas qilganlar köp böldi, "yuragida öti bor, tinib-tinçimaydigan, ser-ğayrat yigit, mehnatlarining rohatini körsin”, deyişdi.
- Erişayotgan yutuqlarimiz butun jamoamizning mehnati tufayli, - deydi fermerning özi kamtarlik bilan. Insonni mehnati uluğlaydi, degan iboraning tasdiğini uning timsolida ham köriş mumkin.
Otaxon Qurboniyozov nafaqat "Amirxon” fermer xöjaligi, nafaqat "Qiliçboy” MMTP xizmat körsatuvçi 22 ta fermer xöjaliklari, balki, tuman Fermerlar Kengaşi tarkibidagi barça fermer xöjaliklar faoliyati yanada yaxşilanişi, yil muvaffaqiyatli yakunlanişi, rejalari ortiği bilan ado etilişi uçun masʼul hisoblaydi özini.
Quvonarlisi şuki, tumanimiz paxta dalalarida yetiştirilgan hosil, yiğim-terim surʼati rejalar bajarilib, dehqonning yuzi yoruğ böladigan kunlar yaqinligidan dalolat berib turibdi.
Oygul RAJABOVA.M.Habibullayev olgan suratlar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶