DEPUTAT OTABEK YÖLDOŞOV NAVRÖZ BAYRAMI ARAFASIDA SAYLOVÇILAR BILAN UÇRAŞDI
Neça asrlardan beri xalqimizning milliy bayrami sifatida nişonlanib, yoşu keksaga birday ulkan quvonç va şodliklar hadya etadigan Navrözi olam tabiatning uyğonişi, jonlanişi va yaşil libosga burkanişi bilan ham azizdir. Bahoriy tengkunlik – şarq taqvimi böyiça Yangi kun – Navröz odamlar qalbida ham ezgu intilişlarni, ertagi kuniga umid, işonç, şukronalik tuyğularini uyğotadi.
Şunisi eʼtiborliki, yurtimizda nişonlanadigan qutluğ sanalar, bayramlardan özgaça Navrözi olamning öz falsafasi bor. Bu avvalo unda xalqimizning asriy anʼanalari, urf-odatlari, qadriyatlari yaqqol namoyon bölişi bilan ifodalanadi. Xayr-u saxovat, bağrikenglik, döst-birodarlik, qöni-qöşnilar, mahalladoşlar bilan ahil-inoq bölib yaşaşdek qadriyatlarimiz yanada mustahkamlanadi. Şuningdek, kömakka muhtoj, ehtiyojmand insonlarga, nogironligi bölganlarga, bemorlarga beminnat yordam beriladi, tabarruk keksalarni ziyorat qilib, duolarini olişga, yaqinlarga mehr körsatişga eʼtibor kuçayadi.
Navröz şukuhi kezayotgan şu kunlarda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputatlari ham öz saylovçilari huzurida bölib, ularning hayotidagi, faoliyatidagi yangiliklar bilan tanişmoqda, Navrözi olam bilan qutlab, ehtiyojmand oilalar, imkoniyati çeklangan fuqarolar holidan xabar olişmoqda.

15-mart kuni tuman Kengaşi deputati Otabek Yöldoşov ham özi saylangan hudud – Oq oltin ovulida böldi. Ovuldagi hokim yordamçisi Otabek Ibragimov hamrohligida kam taʼminlangan, soğliğida muammolari bor fuqarolar holidan xabar oldi va bayram sovğalarini topşirdi. Guruh dastlab ovulning Köhna bosu aholi punktida yaşaydigan Zebogul Boltaboyeva xonadonida böldilar. 1980-yilda tuğilgan Zebogul Boltaboyeva köpdan beri kasallikdan aziyat çekadi. Bayram arafasida masʼullarning xonadoniga hol-ahvolini sörab kelişgani, soğayib ketişiga umid bildirişgani uning könglini kötardi, dardini aritganday böldi.
Deputat ovul fuqarolar yiğini masʼullari hamrohligida kam taʼminlangan, “Ayollar daftari”da röyxatda turuvçi Munavvar Kamolova, Nasiba Kenjayevalarning, kam taʼminlangan Nazokat Örozboyeva, Malohat Şomurodovalar, Örozimmat Iskandarovlarning xonadonlariga ham borib, bayram bilan qutlab, sovğa-salomlar topşirdi.
Deputat hududdagi 41-sonli, 71-sonli maktablarda ham bölib, taʼlim-tarbiya işlari bilan tanişdi, öz xizmat vazifasini sidqidildan bajarayotgan 41-sonli maktab texnik xodimi Saʼdulla Yeşakayevga, yoş avlodga taʼlim-tarbiya berişda kasbdoşlariga örnak bölayotgan Gavhar Örozboyevalarga sovğa-salomlar topşirdi, öqituvçilar bilan samimiy suhbatlaşdi.

Inson hayotining turli pillapoyalarida turliça sinovlarni ham, nurli kunlarni ham boşidan keçiradi. Biroq har qanday damda ham oğir kunlarida madad bölgan yo mehnatlarini eʼtirof etib, ezgu işlarga rağbatlantirgan odamlarni unutmaydi. Şu maʼnoda olib qaraydigan bölsak, Manğit şahrida joylaşgan Nukus Davlat pedgogika instituti huzuridagi matematikaga ixtisoslaşgan maktab direktori, tuman Kengaşi deputati Otabek Yöldoşovning bu ibratli işlaridan köpçilik örnak olsa, arziydi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶