NOGIRONLIGI BÖLGANLAR VA IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ AHOLI QÖLLAB-QUVVATLANADI
Nogironligi bölgan şaxslar, ayniqsa, doimiy parvarişga muhtoj bölgan bolalarni parvarişlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş, ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oşiriş maqsadida 2022-yil 1-apreldan boşlab, mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda iş staji töliq bölmagan çoğdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda — 440 000 sömdan 622 000 sömgaça oşirilişi belgilandi.
Özgalar parvarişiga muhtoj nogironligi bölgan 18 yoşgaça bolalarning parvarişi bilan band bölgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 söm miqdorida — parvarişlaş nafaqasi joriy etiladi. Bunda, parvarişlaş nafaqasini tölaş va yetkazib beriş xarajatlari Özbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablağlari hisobidan qoplanadi. Şu yil 1-apreldan boşlab, özgalar parvarişiga muhtoj bolalar töğrisidagi, 1-oktyabrdan ularning qonuniy vakillari töğrisidagi maʼlumotlar byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga elektron şaklda taqdim etilib boriladi.
Moliya vazirligi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligi Soğliqni saqlaş vazirligi bilan birgalikda 2022-yilning oktyabr oyidan boşlab, 18 yoşgaça nogironligi bölgan bolalar va OIV keltirib çiqaradigan kasallikka çalingan 18 yoşgaça bolalarga tölanadigan nafaqalarni hamda parvarişlaş nafaqasini fuqarolardan qöşimça hujjatlarni talab etmagan holda «proaktiv şakl»da tayinlaş tizimi joriy etiladi.
D.Pirmanov, tuman Madad HMB boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶